So’nggi yangiliklar

14:03Абдуқодир Ҳусанов "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнаши маълум  1 14:01"Сурхон" Ўзбекистон МТЖнинг гуруҳдаги рақиби билан ўйнайди  0 13:10"Манчестер Юнайтед"нинг собиқ футболчиси АҚШга йўл олиши мумкин  3 12:35Эшитдик-да! "Андижон"га бўйдор легионер ҳимоячи келмоқда  9 12:22Расман: "Ювентус" португалиялик ҳимоячи сотиб олди  3 12:03АҚШнинг хусусий инвестиция компанияси А Серия клубининг 100% акциясини сотиб олди  0 11:52ЎФА учта клубнинг трансфер тақиқини шартли равишда бекор қилди  1 11:48Мафтуна Шойимова: "Тўплар нисбати якунда юқорироқ ўрин эгаллаш учун керак бўлиб қолиши мумкин"  0 10:17Феруза Турдибоева: "Ўз ўйинимизни намойиш эта олдик"  1 10:06«Реал Мадрид» ТОП ҳимоячи билан деярли келишувга эришди  9 09:33Маркус Рашфордга асосий даъвогарлар маълум  1 08:55Неймар фаолиятини МЛСда давом эттириши мумкин  2 08:13«Ливерпуль» «Ал Ҳилол»нинг 80 миллион евролик таклифини қабул қилмади  5 07:45Франция Кубоги. Бешинчи лигадан бўлган клуб "Лион"ни Кубокдан чиқариб юборди, ПСЖда эса қийин ғалаба  1 07:37«Айнтрахт» ва «Манчестер Сити» келиша олишмаяпти  1

SHoxnazar Norbekov: “Metallurg” bilan ikki yillik shartnoma tuzdim” Yangiliklar

SHoxnazar Norbekov: “Metallurg” bilan ikki yillik shartnoma tuzdim”

“Qo'qon-1912” futbolchisi SHoxnazar Norbekov qishki transfer oynasida “Metallurg” klubi bilan shartnoma imzolaganini malum qildi.

O'tgan mavsum “Qo'qon-1912” tarkibida sermahsullik ko'rsatib, ko'pchilikning etiborini o'ziga tortgan SHoxnazar Norbekov bu yil jamoasini o'zgartirishga qaror qildi. Aniqrog'i iqtidorli hujumchi olti yildan so'ng yana “Metallurg” jamoasiga qaytdi. Katta futbolga aynan Bekobod futbol  klubi orqali kirib kelgan Norbekov bugun qadrdon jamoasi bilan rasman shartnoma imzoladi. SHu munosabat bilan SHoxnazarni suhbatga chorladik.

Bugun “Metallurg” bilan ikki yillik shartnoma imzoladim. Klub rahbariyati bilan munosabatlarimiz iliq edi. Bilasiz katta futbolga aynan Bekobod jamoasi orqali kirib kelganman. Bu yil nasib ekan yana qadrdon jamoamga qaytishga qaror qildim.

“Qo'qon-1912” bilan tuzgan shartnomam yakuniga etgandi. Lekin shunga qaramay jamoada qolishni o'ylagandim. CHunki hadeb jamoani almashtiraverish o'zimga ham yoqmaydi. “Metallurg” jamoasi boshlig'i SHavkat Saidov oilamiz do'sti ekanligi sababli,aynan u kishi jamoaga qaytishimni juda xohladi. Oilamdagilar ham Bekobodga qaytib, uyga yaqinroq joyda o'ynashimni istadi. Bilasiz hammamiz uchun oila birinchi o'rinda turadi. SHu bois bemalol ayta olamanki, jamoamni o'zgartirishda moddiy jihatlar asosiy o'ringa chiqmadi. 

“Qo'qon-1912”da meni hamma narsa qoniqtirayotgandi. Bosh murabbiy Baxtiyor Ashurmatovga chuqur minnatdorchilik bildiraman. Jamoamiz ahil bir oilaga aylangandi. Klub rahbariyatidan tortib, oddiy ishchi xodimlarigacha barchalari bilan iliq munosabatda bo'lganmiz. BU jamoaning keyingi ishlariga omad tilayman.

“Metallurg”da oxirgi marta 2015 yili o'ynagandim. Albatta hozirgi jamoadagi sharoitlar bilan oldingisini taqqoslab bo'lmaydi. Farq katta. Bekobodda zamonaviy tarzda akademiya qurib foydalanishga topishirildi. Jamoa uchun qarorgoh. Bu borada Evropadan andoza olinganini ko'rish mumkin. Faqat futbol o'ynash kerak xolos. 

“Metallurg” bu yilgi transfer oynasida yaxshi xaridlarni amalga oshirmoqda. Demak jamoaning niyati jiddiy. Yaxshigina mablag' sarf etilgandan keyin, tabiiyki medallar uchun kurashish ham kerak deb o'ylayman. 

O'tgan yili jamoani qabul qilib olgan ispaniyalik murabbiy yoniga yana bir hamyurtini chaqirgan. Jismoniy tayyorgarlik bo'yicha aynan u bizga hozirdan ko'rsatmalarni bermoqda. Telegram ijtimoiy tarmog'ida klubning ichki guruhi mavjud. Aynan o'sha erda murabbiy hozircha futbolchilarga topshiriqlar berib bormoqda. Til bo'yicha jiddiy tushunmovchiliklar yo'q. Biz futbolchilar uchun ham ispaniyalik murabbiy bilan ishlash qiziq va foydali tuyulmoqda. Sababi bo'sh vaqtlarimizda ingliz tilini o'rganish uchun xarakat qilyapmiz. Murabbiylar shtabiga o'zbekistonlik mutaxassislar ham qo'shiladigan bo'lmoqda. Faqat ularning nomlari tez kunlarda rasman elon qilinsa kerak. 

“Metallurg” yangi mavsumga tayyorgarlik bosqichining birinchi qismini 11 yanvar kunidan Bekobodda boshlaydi. Ungacha har bir futbolchi yakka tartib berilgan ko'rsatmalar asosida shug'ullanib turadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика