Mbappe bugun o'ynaydimi?
12 mar 2025 22:17
Yangiliklar
Mbappe bugun o'ynaydimi?
"Real" futbolchisi Kilian Mbappe "Atletiko"ga qarshi o'yinda qatnashishi mumkin.
Futbolchi bugun bo'ladigan ECHL 1/8 finali doirasidagi "Atletiko"ga qarshi javob o'yini qaydnomasiga kiritilgan. Oldinroq futbolchida mushaklarida jarohat aniqlanib, o'yinda qatnashmasligi mumkinligi aytilgandi.
"Marca" malumotiga ko'ra, bugun ertalab futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tkazilgan va Mbappening jismoniy holati o'yinga qoniqarli deb topilgan. Biroq uning asosiy tarkibda tushish yoki tushmasligi aniq emas.
"Atletiko" - "Real" uchrashuvi soat 01:00da start oladi. Dastlabki o'yinda "qirollik klubi" 2:1 hisobida g'alaba qozongan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Бу ер Роналду Арабистони эмас". Саудиялик таниқли журналист Криштиануни танқид қилди
"Реал" собиқ футболчиси Мессини дунёнинг энг яхши футболчиси, Роналдуни эса иккинчи рақам деб атади
"Негрейра иши": Бош айбланувчи хотирасини йўқотмоқдами?
Туркия Кубоги. Файзуллаев ва Шомуродов гол урган баҳсда "Башакшеҳир" йирик ғалабага эришди
Fikrlar