"Qo'qon-1912" ertaga taqdimot marosimini o'tkazadi. Tadbir muxlislar va OAV uchun ochiq
11 mar 23:08
Yangiliklar
"Qo'qon-1912" ertaga taqdimot marosimini o'tkazadi. Tadbir muxlislar va OAV uchun ochiq
"Qo'qon-1912" klubi yangi mavsum taqdimotini o'tkazishini malum qildi.
"Xabaringiz bor, “Qo'qon-1912” har yili yangi mavsum oldidan taqdimot marosimini o'tkazadi.
Bu yilgi marosim ertaga, 12-mart kuni Qo'qon shahar hokimligining majlislar zalida soat 12:00 da boshlanadi.
Tadbirda jamoamiz tarkibiga yangi qo'shilgan futbolchilarni tanishtirish, shuningdek, jamoaning bo'lajak mavsum davomida foydalanadigan futbolkalari taqdimoti o'tkaziladi.
Tanishtiruv marosimiga OAV vakillari hamda “Qo'qon-1912” jamoasining sodiq muxlislarimizni taklif qilamiz.
Mo'ljal: Shahar hokimligi ro'parasidagi yagona darcha majlislar saroyi", –deyiladi klub bergan xabarda.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Fikrlar