Rasman. MYU "Chelsi" futbolchisini sotib oldi

13 iyul 2026, 18:07
Braziliyalik yarim himoyachi Andrey Santos "Manchester Yunayted"ga o'tdi.

"Qizil iblislar" yarim himoyachining transferi uchun 50 million evro to'ladi. Futbolchining o'zi bilan esa 5 yillik shartnoma imzoladi.

Braziliyalik yarim himoyachi 2023 yilda "Vasko da Gama"dan "Chelsi"ga o'tgan, keyinchalik "Nottingem Forest" va "Strasbur"da ijara asosida faoliyat olib bordi. O'tgan mavsumda u Angliya Premer-ligasida 27 ta uchrashuvda ishtirok etib, 1 ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: https://www.instagram.com/manutd/