So’nggi yangiliklar

12:07"Бавария" дортмундликлар юлдузини сотиб олмоқчи  0 11:39"Манчестер Сити" ҳимоячисининг дисквалификацияси узайтирилди  1 11:19Суперлига. 14-тур ҳакамлари маълум: "Насаф" – "Пахтакор" учрашувини Тўхтасинов бошқаради  12 10:40"Тоттенхэм" 20 ёшли япониялик футболчининг трансфери бўйича келишувга эришди  0 10:04Шаҳбоз Умаров “Турон“ билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси водий клуби бўлиши мумкин  4 09:33Шомуродовга А Серия жамоасидан таклиф бор  12 09:02Пролига. Бугун марказий учрашув бўлиб ўтади  1 08:31“Рома“ Шомуродовни қанчага сотишни режа қилгани маълум  8 08:03Клублар ўртасидаги ЖЧ. “Интер Майами“ иштирок этган гуруҳдан кейинги босқичга йўл олганлар маълум  26 07:25Суперлига. "Қалдирғоч"лар Абрамов жамоасини йирик ҳисобда мағлуб этишди, Абдухолиқовдан дубл  0 07:19Ўзбекистон кубоги. Бугун яна 2 та чорак финалчи аниқланади  1 02:00КЧЖ. ПСЖ "Сиэтл Саундерс"ни таслим қилди ва гуруҳда биринчи ўринни эгаллади, "Атлетико" ғалаба қозонган бўлсада уйга қайтади  11 01:54“Навбаҳор” ПФК раҳбариятида ўзгариш юз берди  4 01:20"Арсенал" словакиялик футболчи учун 70 млн. евро тўлашга тайёр, аммо "Лейпциг" 80 млн. евро сўраяпти  2 00:33Вадим Абрамов: "Барча мухлислардан узр сўрайман"  11

SHota Arveladze: "Yigitlarni olqishlayman" Yangiliklar

SHota Arveladze: "Yigitlarni olqishlayman"

O'zbekiston Kubogi finalida "Paxtakor" - AGMK (3:0) uchrashuvidan so'ng toshkentliklar ustozi SHota Arveladze matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Tashkiliy ishlar uchun minnatdorchilik bildiraman. G'alaba bilan klubdagi barchani tabriklayman. Ularning ishini maydonda ko'rmaymiz, ammo katta hajmda mehnat qilishadi. Keyin esa yigitlarni olqishlayman. Ular chempionat va kubokda mag'lubiyatsiz g'olib bo'lishdi. Biz mavsumda 102 gol urishga erishdik. Hujumkor futbol namoyish qildik. Jarohat olgan futbolchilarimiz ham bir jamoaga aylanishimizga hissa qo'shishdi. Raqibga o'yin uchun rahmat deyman. Ular bosim uyushtirib, hujumga o'tishga intilishdi", - deydi SHota Arveladze.

- O'tgan yil final Farg'onada bo'lib o'tgandi. Mag'lubiyatdan so'ng maydon holati yomonligini aytgandingiz. To'p bilan o'ynaydigan jamoa uchun maydon sifati muhim ahamiyat kasb etishini takidlagandingiz. Bu yilgi g'alabada maydonning chimi ham muhim ahamiyat kasb etdimi?
- O'tgan yilni yodga oldingiz, savolingizga javob berishdan avval klub prezidenti Bobur SHodievga rahmat aytishni istardim. O'tgan yilgi mag'lubiyatga qaramay, u klubning rivojlanish yo'lida ishlashda davom etdi. Bizga barcha sharoitlar yaratib berildi. Biz o'sishdan to'xtamadik.

Agar sizlardan qaysi ligani sevasizlar deb so'rasam Angliya, Italiya, Ispaniya deysizlar. U erda yomon maydonni ko'rganmisiz? Yaxshi maydon, stadion, baza - bular bizning boyligimiz. Barcha joyda yuqori darajada sharoitlar muhayyo etilishi lozim.

- O'tgan yilgi "Paxtakor" va bu yilgi "Paxtakor"ning o'rtasidagi eng asosiy farq nimada deb o'ylaysiz?
- Bu yil ahilroq ekanimiz juda muhim bo'ldi. Rahbariyat ishonchini ham aytib o'taman. Bular katta yordam berdi. Klubda barchasi alo bo'lishi kerak. Uzoq vaqtdan keyin ham. Rivojlanish barcha darajada bo'lishi shart. Klub, futbol, media va boshqa masalalar.

- Siz "Paxtakor" bilan bu yil ikkita sovrin yutdingiz. Ammo jahon yulduzi bo'lgan SHota Arveladzening klubga taklif etilishi faqat ichki sovrinlar uchun bo'lmasa kerak. Keyingi maqsad OCHL bo'ladimi yoki biroz kutishimiz kerakmi?
- Agar birgina mendan OCHLni yutishimni kutsangiz bunday bo'lmaydi. SHaxsan sizni taxminan 3 oydan buyon birinchi marta matbuot anjumanida ko'rdim. Bazida matbuot anjumanlariga kelsam klubda ishlaydigan matbuot kotibimiz o'tirgan bo'lardi...Agar kattaroq sovrin yutishni xohlasangiz kelinglar birga yutamiz. Men doim maksimalistman, doim birinchi bo'lishni xohlayman. Ammo qiziqish bo'lmasa juda qiyin bo'ladi. Men muxlislarimiz uchun ham qayg'uraman. Adashmasam "Navbahor"ning 4 nafar muxlisi Toshkentdan qaytishda avtohalokatda vafot etishgandi. Muxlislar bizni tashlab qo'yishmayaptimi demak ular uchun o'ynashimiz va ular haqida qayg'urishimiz lozim. Bugun ko'proq muxlis kutgandim, ammo ularning soni kutilganchalik bo'lmadi.


Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика