SHota Arveladze: "Safardagi birinchi g'alabaga erishish niyatidamiz"
19 apr 2018 12:06
Yangiliklar
SHota Arveladze: "Safardagi birinchi g'alabaga erishish niyatidamiz"
"Paxtakor" bosh murabbiyi "Metallurg" bilan uchrashuv arafasida "SHerlar"ning tayyorgarligi va raqib xususida fikrlarini bildirdi.
- Biz bellashuvga yaxshi hozirlik ko'rdik. Barcha yigitlar o'yinga etarli darajada ishtiyoqqa egalar va g'alabani ko'zlashmoqda.
"Metallurg" etarlicha shakllangan jamoa. Ular qayd etayotgan natijalar tasodif emas. Jamoa o'yinda doim oxirigacha kurashishga intiladi. Tarkibida tajribali futbolchilarga ega. SHu bilan birga raqib safida yosh va iqtidorli o'yinchilar bor. SHunday ekan, qiziqarli o'yin bo'lishini kutyapman. Biz mazkur bahsdan safardagi birinchi muvaffaqiyatni umid qilyapmiz. Qiyin bo'lishi aniq, ammo biz oxirigacha harakat qilamiz.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar