So’nggi yangiliklar

12:57Аҳрор Рисқуллаев Суперлигада юбилей ўйинини бошқарди  1 12:34Уругвайнинг асосий футболчилари Ўзбекистонга қарши баҳсни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:45"Насаф" "Ал Ҳилол"га кичик ҳисобда мағлуб бўлган учрашувдан галерея  4 11:20Игорь Сергеев: "Илк дақиқалардан вақт чўзиш ҳолати кузатилди, муҳими ғалаба қозондик"   0 10:48"Арсенал" асосий футболчиси билан узоқ муддатли шартнома имзолади  0 10:22Клопп Осиё жамоасини бошқариши мумкин  1 09:55Хави МЮни бошқаришга рози  8 09:27Sofascore. Ҳамробеков жамоадошлари орасида энг яхши баҳолардан бирига лойиқ кўрилди  1 09:01Sofascore. Аламли тарзда мағлуб бўлган "Насаф" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди?  20 08:33"Пахтакор" "Сурхон"ни қийинчилик билан мағлуб этган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  0 08:07Суперлига. Бугун 23-тур якунланади  9 07:30Суперлига. "Пахтакор" – "Сурхон" 1:0   0 01:06Умар Эшмуродов: "Футболимизнинг камчиликлари билиниб қолди"  15 00:27Жавоҳир Сидиқов: "Ютса жамоа ютади, ютқазса ҳам жамоа ютқазади"  10 00:18Элит ОЧЛ. "Насаф" - "Ал Ҳилол" 2:3  5

SHota Arveladze: "Paxtakor" ikkala bo'limda ham sekin o'ynadi" Yangiliklar

SHota Arveladze: "Paxtakor" ikkala bo'limda ham sekin o'ynadi"

Coca Cola Superliga 4-turidan o'rin olgan “So'g'diyona” - “Paxtakor" (1:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi SHota Arveladze o'z fikrlarini bildirdi.

O'yin haqida fikrlaringiz…
O'yin kutilganidek qiyin kechdi. Ko'p narsani aytib o'tsa bo'ladi. CHempionat restartidagi birinchi o'yinimizni o'tkazdik va juda yomon boshladik. Yigitlar yaxshi shug'ullanishgandi, bunday sekin va yomon o'ynashimizni kutmagandik. “So'g'diyona” sekin o'ynashimizga yordam berib yubordi, juda ko'p to'xtalishlar bo'ldi. Ammo biz tezroq o'ynashimiz, yanada shijoatli harakat qilishimiz va ko'proq energiya sarflashimiz kerak edi. Afsuski, bunday bo'lmadi va yutqazdik.

“So'g'diyona” va Ulug'bek Baqoev haqida fikringiz…
Tabriklayman.



Karantin davridagi tanaffusdan keyin bo'lib o'tgan bugungi o'yinda “So'g'diyona” tajribaliroq ko'rindimi yoki “Paxtakor” bo'shashib o'ynadimi?

Agar vaziyatga real qarasak, karantindan keyin barcha jamoalarga qiyin bo'lishi aniq. Yana 5-6 turdan keyin kim nima bilan shug'ullangani malum bo'ladi, chunki bu psixologik tomondan ham oson emas. Hozir futbol haqida ko'p narsani gapirish qiyin.

O'yin taqdirini kim yoki nima hal qildi?
Menimcha, har ikkisi.

Birinchi bo'limda faol harakat qilgan “Paxtakor” ikkinchi bo'limda bunday ko'rinmadi?

"Paxtakor" ikkala bo'limda ham sekin o'ynadi. Biz yanada faol o'ynay olamiz.

Hakamlarga etirozingiz bormi?
Uchta vaziyatni ko'rgach, nimadir deyishim mumkin.





Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика