So’nggi yangiliklar

13:12Ямаль Туркияда паспортини йўқотди  1 12:56Осиёнинг 2007 йилдаги энг яхши мураббийи Рауф Инилеев 75 ёшда!  2 12:35ФИФА офсайднинг янги қоидасини тасдиқлади  15 12:06Моуринью "Фенербахче"дан ишдан бўшатилишининг асл сабаби маълум  0 11:39Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин бошлади: олдинда Черногория ва Венгрия билан ўйинлар бор  7 11:00"Милан" футболчиси фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттиради  0 10:31Холанд автобусдан тушаётганда жароҳат олди  5 10:05Уругвай терма жамоаси аъзоси "Неом"га ўтмоқда  1 09:37Гвардиола "Ман Сити"дан қайси футболчининг кетганидан афсусда эканлигини айтди  1 09:12Лига "Локомотив" стадионидаги қурилиш ишлари билан танишди  0 08:41Эржан Токотаев: “Ўзимни анча яхши ҳис қиляпман”  2 08:08Бугун финал!  11 07:40ФИФА президенти юртимизга етиб келди  17 07:18ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Белгия Қозоғистонни, Испания Туркияни "янчиб" ташлади  11 00:17Амир Ғалинои: "CAFA'да қатнашмаслик ҳақида хат ёздик, лекин шартларимиз қабул қилинмади"  25

SHota Arveladze: "Muxlislar ertaga ham biz bilan bo'lishlariga ishonaman" Yangiliklar

SHota Arveladze: "Muxlislar ertaga ham biz bilan bo'lishlariga ishonaman"

OCHL 2-turi doirasidagi “Paxtakor” – “SHahr Xodro” uchrashuvidan oldingi matbuot anjumaning dastlabki qismida mehmonlar ustozi SHota Arveladze va jamoa himoyachisi Egor Krimec qatnashishdi.

“O'ylashimcha oson bo'lmagan o'yin kutib turibdi. Barchangiz Eron klublarining xarakterini bilasiz. Jismonan kuchli va kurashuvchan futbolchilar. Himoyada juda ham tartibli o'ynashadi. OCHLda oddiy jamoalar o'ynashmaydi. Birinchi turdan so'ng ularda 0, bizda 3 ochko bor. SHu bois ham ahamiyati yuqori. Biz dastlabki ikki o'yinni o'z maydonimizda o'tkazamiz, o'z navbatida oxirgi ikki turni safarda o'tkazamiz. Muxlislar ertaga ham yonimizda bo'lishadi deb umid qilaman. Mag'lub etish qiyin bo'lgan jamoaga qarshi o'ynaymiz”, — deydi SHota Arveladze.

“Eron klublariga qarshi har yili OCHLda o'ynaymiz, terma jamoalariga qarshi to'qnash kelamiz. Ular kurashuvchan futbolni yaxshi ko'rishadi. Ertaga muxlislardan stadionga kelishlarini so'rab qolardim”, — deydi Krimec.

- Derdiyok qachon 90 daqiqa o'ynashga tayyor bo'ladi?
- Derdiyokning jamoa uslubiga to'liq ko'nikib ketishi uchun vaqt kerak. Jismonan tayyor bo'lgan holatda ham o'yin va yigitlarga moslashib ketishi zarur.

- “SHahr Xodro” oldingi o'yinlarda gol ura olmagan. Bu narsa himoyachilarni xotirjamlikka berilishiga sabab bo'lmaydimi?
Egor Krimec: — Gol urmaganini bilamiz, biroq bu hujum qilmagan deyish noto'g'ri bo'ladi. Raqibning kuchsiz tomonlarini o'rgandik. Bizga qarshi yaxshi jamoa o'ynaydi, shu bois biz himoyachilar bo'shashmaymiz.

- “Paxtakor” OCHLda Eron klublariga qarshi o'z maydonida juda yaxshi o'ynaydi. Bu statistika o'yindan oldin sizlarni erkinlik bermaydimi?
- Statistikaga ko'p ham etibor qaratmayman. Men o'yin davomida raqibni bugun qanday mag'lub etish haqida ko'proq o'ylayman. Mendan oldin kimdir yutganini eslamayman, hozirgi kun bilan ishlayman. Yangi kun, yangi o'yin va mana shu bahsga tayyorlanamiz.

- OCHLning 1-turida Odil Hamrobekov hamda Sardor Sobirxo'jaevlar sariq kartochka olishdi. Ertangi o'yindan oldin ularga bu borada nimalar deyasiz?
- Yigitlar sariq olib bo'lishdi. Bugun ular saytingizda shuni o'qisa, sariq kartochka olganini o'zlari bilib, extiyotkor o'ynashadi.

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика