SHota Arveladze Jizzaxdagi g'alabadan so'ng nimalar dedi?
03 noy 2017 21:58
Yangiliklar
SHota Arveladze Jizzaxdagi g'alabadan so'ng nimalar dedi?
Oliy liganing 27-tur bahslari doirasida “So'g'diyona” o'z maydonida “Paxtakor”ni qabul qildi va 0:1 hisobida mag'lubiyatga uchradi.
Ushbu bahsdan so'ng “Paxtakor” bosh murabbiyi SHota Arveladze matbuot anjumanida qatnashdi.
- Bugun juda og'ir o'yin bo'ldi. Birinchi bo'limda bir nechta vaziyatlarni golga aylantira olmadik. Raqiblar ham bir nechta havfli vaziyatlar yarata oldi. Burchak zarbalarini golga aylantira olmadi.
Raqiblardan ko'ra bizda golga tortadigan vaziyatlar ko'p bo'ldi. O'yin so'nggida Igor Sergeev ham boshi bilan zarbasini golga aylantira olmadi. Raqiblar darvozaboni ham jamoasini ko'p vaziyatlarda qo'tqardi. Umuman aytganda bizga g'alaba kerak edi. Biz bundan yaxshiroq o'yin ko'rsata olamiz.
Yana shuni takidlab o'tmoqchimanki, Jizzaxda futbolni sevishar ekan. Bunday muhitda o'ynash doimo yoqimli.
“So'g'diyona” matbuot xizmati

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar