So’nggi yangiliklar

19:33Остон Ўруновдан рекорд!  0 19:05Алиризо Жаҳонбахш: "Ҳакамлик ҳақида ҳеч нима демайман"  0 18:38"Арсенал" МЮ кўзлаган футболчи учун курашда фаворит  0 18:17Мустақиллик Кубоги-2025 "Uz-Galaxy"да!  2 17:55"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини сотиб олади  0 17:33Расман: Постекоглу – "Ноттингем Форест" бош мураббийи!  4 17:16Расман: Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Осиё Кубогига чиқди!  22 17:08Ўзбекистон Эрон устидан қийин ғалабага эришиб, CAFA мусобақаси ғолибига айланган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  2 16:56U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Фаластинни қийинчилик билан мағлуб этди  56 16:36"Бухоро" "Навбаҳор" билан ўйинни уйида ўтказади  3 16:15МТЖ дарвозабонлар мураббийи: "Кападзенинг шартномасини билмайман, аммо мураббийлар штабининг шартномаси ЖЧ-2026 якунига қадар амал қилади"  5 15:47Эрон терма жамоаси мураббийи: "Бош ҳакамнинг қарорлари фақат Эрон зарарига бўлди. Қирғизистон ҳам ҳакамдан жабр кўрганди"  24 15:19Меҳди Тареми: "Ёмон воқеалардан сабоқ олиш сизни ривожлантиради"  14 14:51Тонали Гаттузо ҳақида: "У менга айтган ҳамма нарсани қадрлайман"  2 14:23Ла Лигада август ойининг энг яхши мураббийи маълум  0

SHota Arveladze: "Jamoalar "Paxtakor" kabi saviyani oshirish uchun intilishlari kerak" Yangiliklar

SHota Arveladze: "Jamoalar "Paxtakor" kabi saviyani oshirish uchun intilishlari kerak"

O'zbekiston kubogi finalidan keyin "Paxtakor" bosh murabbiyi SHota Arveladze matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Kechagi o'yin haqida fikrimni boshlayman. CHempionlar Ligasi finalini tomosha qildik. Musobaqadan chiqib ketganimizdan so'ng o'yinlarni kuzatdik. Saviya borasida biz ulardan qolishmasdik. Turnirni yutish uchun imkoniyatimiz bor edi. SHunda o'zimizni boshqa qita klublari bilan sinab ko'rardik. Yigitlarga ertangi kun sari qadamni o'zlaridan ham ishtiyoq, doimiy harakat zarurligini aytdim. Bugungi bahsga kelsak, o'yinni nazorat qildik. Uchta goldan tashqari yana vaziyatlar yaratdik. Raqibning aniq zarbasi deyarli bo'lmadi. Jiddiy raqib ustidan zafar quchdik va O'zbekiston Kubogini qo'lga kiritdik. Ular bejizga chempionatni uchlikda tugatishmadi.

Ushbu qiyin mavsumda barchaga og'ir bo'ldi. Futbolchilar, rahbariyat, barcha xodimlarga rahmat aytaman. Bizga barcha sharoitlar yaratib berildi. Klub prezidenti Bobur SHodiev, bosh direktor Dmitriy Adismandan klub uchun qayg'urayotganidan minnatdorman. O'zim bilan do'stlashgan hamma insonlarga rahmat. Barchaga sog'liq tilayman, eng og'ir yil o'tib ketdi deb umid qilaman.

Jamoalar "Paxtakor" kabi saviyani oshirish uchun intilishlari kerak. SHunda umumiy daraja yanada o'sadi.

Mavsumni yaxshi o'tkazdik. Kecha bizda bitta sovrin bor edi, endi ular sonini yana bittaga ko'paytirdik.

Murabbiylar keladi va ketadi. SHu jumladan, men ham. Lekin ulardan ko'p narsalar qoladi. Yaratilgan tizim yo'q bo'lmaydi. Hamisha ishni yaxshilashga urinish kerak. Eng yaxshi daraja uchun intilish shart.

"Paxtakor"ning keyingi yilga rejalari aniq. Futbolchilar bilan shartnomalar tuzilgan, yig'in uchun joy tanlangan. "Zenit" va "Spartak" Moskva kabi raqiblar bilan o'rtoqlik o'yinlari o'tkaziladi. Akademiyaga doimgidek yaxshi etibor berish rejalashtirilgan. Rejalar va byudjetga egamiz. CHempionlar Ligasiga jiddiy hozirlik ko'rish kerakligini barcha biladi", - deydi SHota Arveladze.

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика