SHota Arveladze: "CHiroyli va hujumkor futbol namoyish etdik"
20 apr 2018 00:45
Yangiliklar


SHota Arveladze: "CHiroyli va hujumkor futbol namoyish etdik"
Bekoboddagi uchrashuvdan keyin "Paxtakor" bosh murabbiyi matbuot anjumanida o'yin to'g'risida fikrlarini aytib o'tdi.
- Biz o'zimiz xohlagandek chiroyli va hujumkor futbol namoyish qildik. Ko'plab vaziyatlarni yuzaga keltirdik hamda ulardan unumli foydalana oldik. Aynan shu jihat yirik g'alaba qozonishimizni taminladi. Biz ko'rsatishni istaydigan o'yinni namoyish qilishga urindik. Yigitlardan o'yin va g'alaba uchun minnatdorman.
"Metallurg" yaxshi jamoa. Ular istalgan raqibga jiddiy muammo yarata olishadi. Ijaraga olingan futbolchilarning maydonga tushmagani raqibga qiyinchilik tug'dirganini takidlashim joiz. Menimcha, bu jamoa hali o'zining kuchli taraflari ko'p ekanini isbotlaydi.
"Paxtakor" matbuot xizmati.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar