SHota Arveladze: "Bugun bizda kamida 5-6 ta yuz foizli qulay imkoniyatlar bo'ldi"
16 may 2019 21:01
Yangiliklar


SHota Arveladze: "Bugun bizda kamida 5-6 ta yuz foizli qulay imkoniyatlar bo'ldi"
“Andijon” – “Paxtakor” uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi SHota Arveladze quyidagicha fikr bildirib o'tdi:
- Bugun raqibga aslo imkon qoldirmadik. Bugun bizda kamida 5-6 ta yuz foizli qulay imkoniyatlar bo'ldi. Agar ulardan foydalanganimizda birinchi bo'limning o'zidayoq kamida 2 ta gol urishimiz mumkin edi. Ikkinchi bo'limda ham 3-4ta yaxshi vaziyatga ega bo'ldik. Asosiysi g'alaba qozondik. Taqvimimiz biroz zich, bilasiz. Tez-tez o'yin o'tkazayapmiz, safarlar, parvozlar yigitlarga albatta tasir o'tkazmay qolmaydi. Lekin shunday bo'lsa-da yaxshi saviyada o'ynashga intilyapmiz. Yigitlarni g'alaba bilan tabriklayman, -dedi mutaxassis.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar