SHota Arvaeladze: "Surxon" bilan o'yinda biz favorit edik"
22 avg 2019 23:27
Yangiliklar
SHota Arvaeladze: "Surxon" bilan o'yinda biz favorit edik"
O'yindan keyingi matbuot anjumanida "Paxtakor" bosh murabbiyi SHota Arveladzening fikrlari quyidagicha bo'ldi.
- Kubok o'yinlari har doim qiyin kechgan. CHunki bahs bitta uchrashuvdan iborat. Lekin bugungi bellashuvda biz favorit edik. Albatta, "Surxon" ham o'zini ko'rsatishga harakat qildi. Bu jamoa bejizga avvalgi bosqichda "Lokomotiv"ni musobaqadan chiqarib yuborgani yo'q. SHu bois bizga qarshi bahsda ham raqib o'zini ko'rsatishga harakat qildi. Lekin negadir o'yin birmuncha sekin kechdi.
- Odatda Kubok bahsida murabbiylar o'yin amaliyoti kam futbolchilarni sinab ko'radilar. Lekin siz bugun asosiy tarkibni maydonga tushirdingiz. Bu nima biilan bog'liq?
- Bu shu bilan bog'liqki, biz Kubokning chorak finalida o'yin o'tkazdik va bu bosqich bitta uchrashuvdan iborat. Bundan tashqari Kubokni qo'lga kiritish sovrin uchun eng qisqa yo'l hisoblanadi.
- Ertaga qura tashlanadi. Yarim finalda kim bilan tushishni xohlaysiz?
- Men faqat bir narsani aytishim mumkin, finalda o'ynab Kubokni ko'tarishni xohlayman. Barcha raqiblarni hurmat qilamiz, ammo maqsadimiz Kubokni qo'lga kiritish.
Fikrlar