So’nggi yangiliklar

20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  0 20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  1 19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  5 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  4 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  8 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  17 18:15"Арсенал" мухлислари Мадуэке трансферига қарши чиқишмоқда  3 17:46Абрамов, Алибоев, Неъматов ва Сергеев — Суперлигада 1-давранинг энг яхшилари  2 17:20Месси "Барселона" учун хайрлашув учрашувини янгиланган "Камп Ноу"да ўтказади  6 16:52Пенальтилар статистикаси: Биринчи даврада ким кўп пенальти тепди ёки умуман нуқтага ҳам яқинлашмади?  0 16:24Пулишич Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  3 15:57Ресан, Ратиньо, Цигер... Суперлиганинг 1-давра легионерлар рамзий терма жамоаси  5 15:42"Байер" ақшлик футболчини 35 млн еврога харид қилди  0 15:17Расман: Пиоли янги жамоасини қабул қилиб олди  0

“SHo'rtan” yig'inni yakunlab, qisqa tatilga chiqdi Yangiliklar

“SHo'rtan” yig'inni yakunlab, qisqa tatilga chiqdi

Teglar :  SHo'rtanTatilda
Avval xabar berganimizdek, “SHo'rtan” dekabr oyida yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlab yuborgandi.

Klub matbuot xizmatining malumot berishicha, jamoa kuni-kecha tayyorgarlikning dastlabki bosqichini yakunladi. Yangi yil bayrami munosabati bilan futbolchilarga qisqa muddatli tatil elon qilindi.  G'uzorliklar yig'inning so'nggi kunlarida Qarshida “Nasaf” bilan o'zaro sinov-nazorat uchrashuvini o'tkazdi. Qashqadaryo derbisida jangavor durang qayd etildi – 2:2. 

“SHo'rtan” shu kuni quyidagi tarkibda xarakat qildi: Akmal Rahimov, Olim Karimov, Elyor Intizomov, Laziz Ubaydullaev, G'ulom Rahmonov, Eldor Boymatov, Samandar SHodmonov, Abbos Amonov, Xolmurod Xolmurodov, Zafar Polvonov, Yusuf Bo'riev.

Zaxiradan tushganlar: Ilyos Tog'aev, Bobur To'raev, Alisher Ibragimov, SHahzod Xursanov, Timur Komiljonov, Nurali Padarov, Mirmuhsin Rustamov. 


Gollarga Xolmurod Xolmurodov bilan zafar Polvonov mualliflik qilganini aytish joiz. Darvoqe, “Mashal” klubi tarbiyalanuvchisi bo'lgan iqtidordi futbolchi Xolmurodov “SHo'rtan”ning dastlabki o'quv-yig'in mashg'ulotlarida ishtirok etdi. SHuningdek “Do'stlik-AIN” futzalchisi Alisher Ibrgaimov ham o'zini kelasi yil katta futbolda sinab ko'rmoqchi. Sababi bu futbolchi ham “SHo'rtan”ning yig'inida qatnashdi. Asosiy tarkib azolari bo'lgan Igor Taran va Eldor Tojiboevning shu kuni betobligi sabab murabbiylar o'yinga tushirmadi. Sunnatilla Mamadaliev ham mashg'ulotlarda ishtirok etgan. 

Aytish lozimki, g'uzorliklarning mazkur yig'ini Zoir To'raqulov va Erkin Mirzaev boshchiligida o'tdi. Joriy mavsum jamoa sharafini himoya qilgan Roman Abdulov, Umar Eshmurodov, Husniddin G'ofurov, Murod Rajabov, Mirzakamol Kamolov, Suhrob Berdiev, G'ulom Haydar G'ulomov, Darko Stanoevich, SHerzod SHaripov, Sarvar Jo'raev kabi futbolchilar “SHo'rtan”ning ilk yig'inida ishtirok etmadi. Ularning keyingi taqdiri hozircha so'roq ostida. 

SHuningdek bosh murabbiy Muxtor Qurbonovning ham keyingi taqdiri mavhumligicha turibdi. Agarda rahbariyat barcha bilan to'liq hisob-kitob qilinsa, Qurbonov faoliyatini davom ettirishi mumkin. SHunda katta extimol bilan jamoa bilan xayrlashishi mumkin bo'lgan o'yinchilar ham ortga qaytadi. Bu masala yangi yil bayramidan so'ng aniq bo'lishi aytilayotir. Olingan malumotlarga ko'ra, jamoa asta-sekin qarzdorliklarni bartaraf etmoqda. G'uzorliklarning keyingi yig'ini 4 yanvardan boshlanishi rejalashtirilgan.  


Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика