"SHo'rtan" bugun Toshkentda yig'ildi
22 iyu 2014 17:08
Yangiliklar
"SHo'rtan" bugun Toshkentda yig'ildi
Birinchi liganing "G'arb" mintaqasida karvonboshchilik qilgan G'uzorning "SHo'rtan" jamoasi malum muddatlik tatildan so'ng o'zining davralar oralig'idagi ilk yig'iniga kirishdi.
Jamoa azolari ayni paytda Toshkentdagi O'zbekiston mehmonxonasida yig'ildi. Kechki paytgi mashg'ulot "NBU-Osiyo"ning uy stadionida o'kaziladi. 25 iyulga qadar poytaxtda shug'ullanilgach, shu kuni CHorvoqqa yo'l olinadi. Tog'li hududda murabbiylar shtabi futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi bo'yicha ish olib boradi. Rejaga ko'ra g'uzorliklar CHorvoqda 6 kun davomida shug'ullanadi va so'ngra yana Toshkentga qaytiladi. Bu orada "SHo'rtan" sinov-nazorat o'yinlarida ishtirok etishi ko'zda tutilgan. Unga ko'ra, 27 iyul kuni "Neftchi" va 30 iyul kuni esa "Navbahor" bilan kuch sinashiladi.
Hozircha tarkibda jiddiy o'zgarishlar ro'y bergani yo'q. Birgina Muqim Toshmatov jamoa lagerini tark etdi. Birinchi bosqichda asosan zaxirada o'tirgan futbolchi ayni damda Toshkentning "Oq-tepa" jamoasi yig'inida ishtirok etmoqda.

Fikrlar