So’nggi yangiliklar

08:27Томас Мюллер фаолиятини Европанинг кутилмаган жамоасида давом эттириши мумкин  0 07:58“Реал“ 90 миллионга таянч ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи  1 07:32Луи ван Гал саратон касаллигини енгганини эълон қилди  1 00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  3 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  5 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  5 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  14 22:20"Рома" А Сериянинг энг яхши дарвозабони билан шартномани узайтирди  1 21:45"Галатасарой" Осимхенни сотиб олиш бўйича "Наполи"га таклиф жўнатди  0 21:13Рўзиқул Бердиев таркибни кучайтириш ва иккинчи даврага тайёргарлик ҳақида гапирди  11 20:41"Реал Мадрид" мухлислари 0:4 дан сўнг Пересга раҳмат айтишди  18 20:18"Реал" "Бенфика" футболчисининг трансфери борасида келишувга эришди  5 19:51"Ливерпуль" Экитике трансфери бўйича музокараларни бошлайди  0 19:25"Бавария" Луис Диас учун 52 млн евро таклиф қилди  2

SHomurodovning transferi polshalik qizaloqning oilasi topilishida yordam berdi Yangiliklar

SHomurodovning transferi polshalik qizaloqning oilasi topilishida yordam berdi

Aytgancha, "Roma"ning bu kampaniyasi bilan 12 nafar bola oilasiga qaytarilgan!

Eldor SHomurodovning "Roma"ga o'tishi klubga nafaqat maydonda (Konferenciyalar Ligasidagi debyut o'yinda gol, A Seriya 1-turida assist), balki arena tashqarisida ham katta omad olib keldi.

O'zbek forvardining Rim klubiga o'tishi haqidagi elon polshalik qizchani topishda yordam berdi. Qanday qilib deysizmi? Gap shundaki, "Roma" 2019 yildan buyon ko'proq etibor jalb qilish uchun dunyoning turli burchaklaridan yo'qolgan bolalar fotosuratini transfer videolariga ham kiritib ketadi. Klub shu tariqa o'sha bolalarga ko'proq etibor jalb qilinishiga erishishga harakat qiladi. Agar kimdir yo'qolgan bo'lsa, klub u bilan bog'lanish mumkin bo'lgan xayriya tashkilotlarining raqamlarini qoldiradi.

SHomurodov bilan bo'lgan omadli hodisani qo'shib hisoblasak, "Roma" Buyuk Britaniya, Italiya, Greciya, Belgiya, Keniya va endi esa Polshadan umumiy 12 nafar bolakay topilishida ko'maklashdi.

Eldor bundan juda baxtiyor:

"Bir bolaning topilishi va bu bilan bir oilaning tashvishi engillashishida qaysidir manoda mening ham hissam qo'shilganidan juda xursandman. Futbol olamidagi mashhurligini yaxshilikka sarflaydigan klubning bir bo'lagi ekanimdan faxrlanaman".

"Bu kampaniyani barchamiz qo'llab-quvvatlaymiz. Klub 12 nafar bola oilasi bag'riga qaytishiga yordam berganidan faxrlanadi, — deydi klubning marketing bo'yicha direktori Maks van den Dul. — Lekin albatta, asosiy ishni tashkilotlar bajaradi. Ular bizga qo'ng'iroq qilib, yana bir bolakay o'z oilasini topgani haqida xabar berishadi. Bunday xabarlarni eshitib, to'g'risi, boshimiz osmonga etadi".


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +79   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика