So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  2 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  5 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  14 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  95 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  9 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  847 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  5 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

SHohruz Norxonov: “Evropada o'ynash istagim bor” Yangiliklar

SHohruz Norxonov: “Evropada o'ynash istagim bor”

Oliy ligaga endigida endigina debyut mavsumini o'tkazayotgan “Obod” jamoasining yosh hujumchisi SHohruz Norxonov joriy mavsumda oliy ligada to'purarlar qatorida bormoqda.
Kuchlilar safida ilk mavsumidayoq ushbu hujumchi muxlislar mehrini qozondi. O'z o'yini bilan milliy terma jamoaga ham chaqirildi. Biz SHoxruz Norxonov bilan uchrashib, undan faoliyati to'g'risida intervyu oldik.
 
-  “Obod” mavsumni bir tekisda o'tkaza olmayapti. Ammo chempionatimiz tugashiga oz vaqt qolganda jamoa etakchi klublardan ham ochko tortib olishning uddasidan chiqyapti. Bu nima bilan bog'liq?

-  Mavsum avvalida biz yangi jamoa edik. CHempionata o'z o'yinimizni topib olish biroz qiyinchilik tug'dirdi, deb o'ylayman. Biz hozir oliy ligada qolish uchun kurash olib boramiz. Ikkinchi davra avvalida tarkibimizni bir qator mahoratli futbolchilar bilan to'ldirdik. Ayniqsa, Anvar aka G'ofurov bizga ko'p yordam berib kelmoqda. Yangi kelgan jamoadoshlarim bilan tezda til topishib ketdik. Bu tarafdan hech qanday muammo yo'q.  CHempionat boshidan bir maromda o'ynay olmayotganimizga intriga kuchaygani Sabab bo'lsa kerak.

-  Avvaliga jamoada Bobur Zuxriddinov bosh murabbiy lavozimida ishladi, keyin esa Mochinov keldi. Mochinov ham ketgach, Jafar Irismetov murabbiylik postini egalladi. Bunday o'zgarishlar sizlarga ruhan tasir qilmadimi?
-  Yo'q. Biz futbolchimiz, kim qanday ko'rsatma bersa, shuni bajaramiz. Har bir murabbiyni o'ziga yarasha taktikasi va rejasi bor. Bu bizga qo'l kelmoqda. Biz uchun eng muhimi ichki jipslik va ahillik. SHuning uchun ham jamoamiz g'alaba qozonyapti, deb o'ylayman.

-  Faqat ahillilik evaziga kuchli bo'lgan jamoalarni mag'alub etib bo'lmaydi-ku!
-  Biz o'yindan o'yinga kuchayib boryapmiz. Kuchli jamoalardan ochko olganimiz  o'zimizga bo'lgan ishonchni yanada orttirmoqda

-  Jafar Irismetov qanday murabbiylar sirasiga kiradi?
-  Men hali ko'p murabbiylar bilan ishlab ko'rmadim. Irismetov tajribali murabbiy. O'yinni qanday o'zgartirishni biladigan va raqib jamoaning zaif nuqtasini topa oladigan jihatga ega. SHuni takidlash kerakki, murabbiyimiz menga hujumchi qanday bo'lish kerakligini o'rgatmoqda.



-  Siz raqib jamoa darvozasiga gollar uryapsiz, lekin klubingiz xavfli zonada. Bunga qanday izoh bera olasiz?
-  CHempionatimiz yakunlanguniga qadar oldinda 6 ta tur bor. CHempionatning so'nggi o'yinlari jangovar bahslarga boy bo'ladi.

-  “Obod” oliy ligada qolib, sizga boshqa grand jamoalardan takliflar bo'lsa, qanday yo'l tutasiz?
-  Men hozir bu haqda o'ylamayapman. Oldimda turgan vazifam jamoam bilan elitada qolish va kelasi yil ham oliy liga bahslarida ishtirok etish.

-  Oliy ligada qanchalik tajriba to'pladingiz, balki xalqaro musobaqalarda ishtirok etish niyatingiz bordir?
-  Men shu yoshimgacha hech qanday xalqaro musobaqalarda ishtirok etmaganman. Bu yil oliy ligada debyut qildim. CHempionatda 24 ta tur o'yin o'tkazib ko'p tajriba to'pladim deb o'ylayman. Albatta Evropa chempionatlarida o'ynash istagim bor. Buning uchun tinmay mehnat qilishim kerak. Hech qachon mehnat qilishdan qochmayman. SHu orqali orzularimga etishimni juda yaxshi bilaman. Hech qachon jarohat olish haqida o'ylash kerak emas. Peshonamizga nima yozilgan bo'lsa o'shani ko'ramiz.

-  Qaysi murabbiy qo'l ostida ishlashni istardingiz?
-  Men murabbiy tanlamayman. Har bir murabbiyning o'ziga yarasha tajribasi bor. Hammadan bir narsa o'rgansa bo'ladi.

-  Futbolchi bo'lishingizda asosiy sababchi deb Vohid Xolboevni ko'rsata olasizmi?
-  Xolboev “Oq – tepa” jamoasida meni o'ynatdi. Keyin Vohid Xolboev o'rniga boshqa murabbiy kelgan edi. O'shanda o'yinim o'xshamadi. 1 yil davomida maydonga tushmadim. Faqat mashg'ulot o'tkazib yurdim. SHunda ham tushkunlikka tushmadim. O'zim uchun mashg'ulot o'tkazib yurdim. Ko'proq jismoniy holatimga etibor qaratdim. “Istiqlol” jamoasida 1 yil asosiy tarkibda to'p tepdim, so'ngra “Obod” meni o'z safiga chaqirdi. “Obod” jamoasiga ko'chib o'tganimdan so'ng jamoa bosh murabbiyi Bobur Zuxriddinov menga futbolni qanday o'ynash kerakligini ko'rsatdi.

-  Internet saytlarida siz haqingizda muxlislar tomonidan yozilayotgan izohlarga qanday fikr bildirasiz?
-  Menga bo'lgan ishonch uchun muxlislarga katta rahmat aytaman. Ular bor, biz bormiz. Lekin bunday so'zlarga unchalik etibor bermasdan, ishlashda davom etib, kuchli hujumchi bo'lishim kerak.

-  O'zbekiston milliy terma jamoasining o'yinlari haqida nima deya olasiz?
-  Terma jamoamiz juda yaxshi futbolchilarga ega. Jamoada iroda va ahillik juda ham kuchli. Bosh murabbiy futbolchilarni o'yinga ruhan tayyorlay oladi. So'nggi saralash bosqichining 2 ta turida g'alaba qozondik. Afsuski Eron bilan bo'lgan o'yinda mag'lubiyatga uchradik.

-  Muxlislarga tilaklaringiz.
-  Muxlislarimiz doim sog'-salomat bo'lishsin. Yurtimiz tinch osmonimiz musaffo bo'lsin.

  Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi.
Reyting: +32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика