So’nggi yangiliklar

01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  2 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  13 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  83 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  9 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  845 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7

SHohruh Gadoev: Nasaf va uning muxlislari hamisha qalbimda bo'ladi Yangiliklar

SHohruh Gadoev: Nasaf va uning muxlislari hamisha qalbimda bo'ladi

Qarshining Nasaf klubidagi o'yinlari orqali o'zbek futboli muxlislariga tanilgan SHohruh Gadoev faoliyatini Toshkentning Bunyodkor jamoasida davom ettirmoqda.

Qaldirg'ochlar davralar oralig'ida istedodli yarim himoyachini o'z saflariga qo'shib olishdi. Gadoev so'nggi besh oyni Bahraynning Al-Muharraq klubida o'tkazib, bu jamoa tarkibida Qirol kubogi sohibiga aylandi. Ikkinchi davradan Bunyodkor sharafini himoya qiladigan futbolchi yangi jamoasida 23-raqamni tanladi. Etiborlisi, u ilk rasmiy o'yini - mamlakat kubogi doirasidagi Metallurgga qarshi uchrashuvning ikkinchi bo'limida maydonga tushib, gol muallifiga aylandi. Biz aynan mana shu bahsdan so'ng SHohruh Gadoevdan intervyu oldik.

- SHohruh, avvalo, ilk rasmiy o'yin va unda urilgan gol bilan tabriklayman. Suhbatimiz avvalida uchrashuv taassurotlari bilan o'rtoqlashsangiz.


- O'yinning qiyin kechishini oldindan bilgan edik. Metallurg so'nggi paytlarda ancha kuchayishga erishdi. Bir necha yildan beri deyarli bir xil tarkib o'ynab kelyapti. SHunga qaramay, barcha futbolchilar bor kuchlari bilan harakat qilishdi. Menimcha, bugun jamoaviy o'yin evaziga g'alaba qozondik. Lekin oldinda javob bahsi bor. Xulosa chiqarishga shoshilmaslik kerak. Garchi ikki to'p farqi bilan zafar quchgan bo'lsakda, hali hech narsa hal bo'lgani yo'q. Bekobodda bizni yanada murakkab o'yin kutib turibdi. O'ylaymanki, bo'lajak uchrashuvda ham ijobiy natija qayd etamiz. So'nggi daqiqada urgan uchinchi golimiz ishimizni engillashtirishi kerak.

- Bunyodkor varianti qachon va qanday paydo bo'ldi?


- Ushbu klub jiddiy taklif bilan chiqqandi. Boshqa variantlar ham bor edi. Lekin hammasini taroziga qo'yib, keyin qaror chiqardim. Bunyodkordan tushgan taklif menga ko'proq maqul keldi.

- Baribir, siz uchun jonajon bo'lib qolgan Nasafni tashlab ketish oson bo'lmagandir?


- Albatta. Juda qiyin bo'ldi. Bilasiz, Nasafdan ketganimdan keyin Bahrayn chempionatida o'ynadim. U erda yarim yilga yaqin to'p surganimga qaramay, o'ziga yarasha jamoaviy yutuqlarga erishishga ulgurdim. Bunyodkorga erkin agent maqomida o'tdim. Nasaf va uning muxlislari esa hamisha qalbimda bo'ladi.

- Nasafdan taklif tushmadimi?


- Bo'ldi. Ammo Bunyodkorda o'ynashga qaror qildim.

- Qarorni o'zingiz qabul qilasizmi yoki kim bilandir maslahatlashasizmi?


- Maslahatlashaman.

- Sir bo'lmasa kim bilan?


- Dadam va onam bilan. Ular mening eng yaqin maslakdoshlarim hisoblanishadi. SHu paytgacha ota-onamning aytganlariga quloq solib, kam bo'lmadim.

- Bahrayn chempionati haqida gapirdingiz. Ushbu birinchilikdan qanday taassurotlar qoldi?


- O'sha paytda legioner sifatida xorij klubida o'ynash baxti nasib qilganidan xursand bo'lgandim. Futbolchi kuchini o'z mamlakatidan tashqarida sinab ko'rishi kerak. Men shartnoma imzolagan Al-Muharraq jamoasi Bahrayn futbolining bayroqdori hisoblanadi, desam yanglishmayman. Jamoa o'z tarixida 33 marotaba mamlakat chempionligini nishonlagan. SHuningdek, klub 2008 yili OFK kubogini qo'lga kiritgan. Ana shu yutuqlarini ham inobatga olib, jamoa bilan qisqa muddatli shartnoma imzoladim. Guvohi bo'lganingizdek, natijalar chakki bo'lmadi. Qirol kubogiga ega chiqdik. Musobaqa finalida Al-Riffaga qarshi maydonga tushdik. Manamadagi Bahrayn milliy stadionida bo'lib o'tgan uchrashuvda 3:1 hisobida g'alaba qozonib, kubokni qo'lga kiritdik.

- Oliy ligamizning ikkinchi davrasidan nimalar kutyapsiz?


- CHempionlik va sovrinli o'rinlar uchun jiddiy kurash kechishini taxmin qilish qiyin emas. Jamoalar ikkinchi davra bahslariga o'zgacha tayyorgarlik ko'rishdi. Bunyodkor bilan yangi dovonlarni zabt etish niyatidaman. Vazifa faqat oliy. Bu klubda boshqa maqsad bo'lishi mumkin emas. Kubokda ham zafar quchishni istaymiz. Jamoamning ana shu musobaqalardagi muvaffaqiyatli ishtirokiga o'z hissamni qo'shishni xohlayman.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика