Rasman: Shohruh Gadoev "Neftchi" bilan shartnoma imzoladi!

Administrator
4 yanv 2025
Farg'onaliklar yangi futbolchilarni tanishtirishda davom etishmoqda.

"Neftchi" klubi Shohruh Gadoev bilan shartnoma imzolaganini rasman ma'lum qildi. OKMK klubi sobiq futbolchisi endi "Neftchi" sharafini himoya qiladi. 

Eslatib o'tamiz, 32 yoshli futbolchi 2021 yildan beri OKMK safida harakat qilib kelayotgandi. Yarim himoyachi faoliyati davomida Superligada 172 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning hisobida 24 ta gol va 13 ta golli uzatma bor.

Ma'lumot uchun, avvalroq saytimiz orqali Gadoev "Neftchi"ga o'tayotgani haqida xabar bergandik.

Shohrux Gadoev faoliyatini vodiy jamoasida boshlashga yaqin


AdministratorMuallif
Manba: "Нефтчи" матбуот хизмати