"Neftchi" futbolchisi "Qo'qon-1912"ga o'tishi mumkin

Khoja
24 iyul 2025, 10:25
"Neftchi" yarim himoyachisi Shohruh Gadoev faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi mumkin.

Futbolchiga "Qo'qon-1912" jamoasi qiziqish bildirmoqda. Hozirda tomonlar muzokaralar olib borishmoqda. Agar muzokara ijoyib yakunlansa, 33 yoshli futbolchi ikkinchi davrani "Qo'qon-1912" safida boshlaydi.

Eslatib o'tamiz, Gadoev yil boshida OKMKdan "Neftchi"ga ko'chib o'tgandi. U 8 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 1 tadan gol va golli uzatma bor.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.asia