

Jamoani ikkinchi davraga Diyor Fayziev tayyorladi. Biroq rasmiy o'yinlar boshlanishiga yaqin qolganida rahbariyat Igor Shkvirin bilan muzokara o'tkazgani ma'lum bo'ldi. Ayni paytda Shkvirin Bekobodning "Metallurg" klubida selekcioner murabbiy sifatida ishlab kelmoqda. Agar Rustam Mirsodiqov tajribali murabbiyga ruxsat bersa Igor Anatolevich "So'g'diyona" bosh murabbiyi bo'lishi mumkin.
Ma'lumot uchun, Shkvirin o'tgan yil oxirida 9 yillik faoliyatdan so'ng "Olmaliq"ni tark etgan edi. Murabbiyda PRO licenziyasi mavjud.




