"SHifokorlar o'yinni davom ettirishimga qarshi edi. Uchrashuvdan keyin boshimni tikishdi va unga sakkiz yoki to'qqizta chok tushdi"
19 jan 19:25
Yangiliklar
"SHifokorlar o'yinni davom ettirishimga qarshi edi. Uchrashuvdan keyin boshimni tikishdi va unga sakkiz yoki to'qqizta chok tushdi"
"Panatinaikos" darvozaboni Yuriy Lodigin "Olimpiakos"ga qarshi Greciya Kubogi doirasidagi bahs va boshidan olgan jarohati haqida gapirdi.
Futbolchi o'yindan keyingi penaltilar seriyasida jamoasining g'alabasiga munosib hissa qo'shdi.
"Uchrashuvdan keyin salomatligimga keladigan bo'lsak — hammasi joyida. Boshim aylangani yoki shunga o'xshash hech nima bo'lgani yo'q. Tasodifni qarangki, jamoadoshim tirsagi bilan boshimga tegib ketdi. Bu vaqtga kelib, jarohatim bor edi. SHifokorlar o'yinni davom ettirishimga qarshi ham bo'lishdi, chunki boshimning yorilgan joyi anchagina katta edi – o'yindan keyin tikishganida sakkiz yoki to'qqizta chok tushdi. Hozir o'zimni yaxshi his qilyapman – baxtimga barchasi ijobiy yakun topdi".
Qayd etib o'tish lozim, kiper seriyada zarbalardan birini qaytarishga muvaffaq bo'ldi va jamoasi Kubokda keyingi bosqichga o'tishini taminladi.
O’xshash yangiliklar
22:13
"Arsenal"ni tark etayotgan Edu Gaspar birdaniga 3ta klubni boshqaradi va maoshi 3 baravar oshadi 2
Fikrlar