

Bu haqda Afina klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Imzolangan shartnoma shartlari oshkor qilinmadi. Avvalroq OAV uning bir mavsumlik maoshi 5 mln evro ekani va bitim 2,5 yillik muddatga tuzilishini ma'lum qilgandi.

Ispaniyalik murabbiy tayinlanishidan oldin "Panatinaikos" Kristos Kontis ketganini e'lon qildi va unga shu yilning sentyabr oyida boshlagan ishi uchun minnatdorlik bildirdi.
Benitesning so'nggi jamoasi "Selta" bo'lib, u mazkur klubni 2024 yilda tark etgan edi.



