So’nggi yangiliklar

19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  0 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  7 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  10 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  2 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  5 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  5 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  9 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7

SHerzod Fayziev: "Oila davrasida zerikishga hojat bo'lmayapti" Yangiliklar

SHerzod Fayziev: "Oila davrasida zerikishga hojat bo'lmayapti"

Superliganing barcha klublari qatori "Lokomotiv" futbolchilari ham karantinni o'z uylarida o'tkazishyapti.

Karantin qanday o'tayotgani, uyda nima mashqlar bajarayotgani hamda futbolni qanchalik sog'inganini bilish maqsadida jamoa himoyachisi SHerzod Fayziev bilan bog'landik. 


- Karantindagi vaqt qanday o'tyapti? Nimalar bilan bandsiz?

- Hamma qatori men ham karatinni uyda, oilam davrasida o'tkazyapman. Oilamiz ko'pchilik, shu bois zerikishga hojat qolmayapti. Odatda farzandlarim va jiyanlarimni o'ynatish bilan chalg'iyapman. 


- O'z formangizni saqlab turish uchun qanday mashqlar bajaryapsiz?

- Jamoamiz murabbiylar shtabi har bir futbolchiga uyda bajarsa bo'ladigan alohida dastur yozib bergan. Men ham shu bo'yicha individual mashg'ulot o'tkazyapman. Jiyanlarim ham futbolchi, birgalikda to'p tepyapmiz.

  

- Futbolni qanchalik sog'indingiz?

- Judayam sog'indim. Axir futbolga hayotimni bag'ishlaganman. Nasib qilsa tez orada yana yashil maydonga qaytamiz. 


- Nima deb o'ylaysiz, karantindan keyin o'yin ritmiga tushib olish qiyin bo'ladimi?

- Bu endi karantin qachon tugashi va Superliga o'yinlari qachondan davom etishiga bog'liq. Hozir esa hammamiz avvalo sog'likni o'ylashimiz kerak. Barcha uyda qolib karantin qoidalariga amal qilsa, koronavirus balosidan shuncha tez qutulamiz.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика