So’nggi yangiliklar

00:47МЮ Мактоминейни АПЛнинг бошқа бир клубига сотмади  0 00:35Кьеза фаолиятини Англияда давом эттиришга яқин турибди  1 00:05"Динамо" Жаҳонгир Ўрозов ва Муҳаммадали Турсуновни ўз таркибига қўшиб олди  0 23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  1 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  51 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  1 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  4 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  14 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3

SHerzod Azamov: Bunyodkor hali ko'p jamoaga bosh og'riq bo'lishi aniq Yangiliklar

SHerzod Azamov: Bunyodkor hali ko'p jamoaga bosh og'riq bo'lishi aniq

Paxtakor Toshkent derbisida yirik hisobda zafar quchish bilan birgalikda o'zdarvozasi dahlsizligini ham saqlab qoldi.

Bunda albatta himoyachilarning xizmati katta. «SHerlar» safidagi tajribali himoyachilar «Bunyodkor» tarkibidagi hujumchilarning gol urishiga yo'l qo'ymadi. So'zimizni tasdiqlagan SHerzod Azamov shuning barobarida o'zining fikrlarini ham bildirib o'tdi.

“Tezkor gol ishimizni osonlashtirdi. Hammasi oddiy. Biz yaratgan vaziyatlardan unumli foydalandik. «Bunyodkor» futbolchilari esa o'zlari uyushtirgan hujumlardan naf chiqara olmadi. Menimcha, ularga tajriba etishmadi. «Bunyodkor» hali ko'p jamoaga bosh og'riq bo'ladi. Umuman olganda o'yin yoqdi. Faqat ikki omil g'alabamizni taminladi. Yuqorida aytganimdek birinchi daqiqadagi gol va tajriba.

Raqib tarkibida asosan mahalliy yosh futbolchilar jamlangan. Ayniqsa hujum chizig'ida bo'y jihatdan kichik, lekin tezlik bo'yicha yaxshi forvardlarning borligi ancha noqulaylik tug'diradi. Ulardan bundan ham ko'prog'ini kutgandim”,-deydi SHerzod Azamov.


Video. "Paxtakor" - "Bunyodkor" 5:0. Barcha gollar va xavfli vaziyatlarni tomosha qiling         

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика