"SHerif" ketma-ket ettinchi marta mamlakat chempioni bo'ldi
29 apr 2022 23:57
Yangiliklar


"SHerif" ketma-ket ettinchi marta mamlakat chempioni bo'ldi
"SHerif" Moldovaning 20 karra chempioniga aylandi.
Yuriy Vernidub shogirdlari mamlakat chempionati 26-turi doirasida "Dinamo-Avto" jamoasini yirik 3:0 hisobida mag'lub etdi.
SHu orqali "SHerif" ketma-ket ettinchi marta mamlakat bosh sovrinini qo'lga kiritmoqda. "SHerif" Moldovaning eng sovrindor jamoasi hisoblanadi. Keyingi o'rinda 8 karra chempion "Zimbru" turibdi.
Eslatib o'tamiz, "SHeriff" tarkibida hamyurtimiz Jasur Yaxshiboev ham o'ynamoqda. U ushbu mavsum chempionatning 6 o'yinida qatnashib, 1 gol urdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar