

Kecha “Shaxtyor” YCHL 1-turida “Xoffenxaym” bilan 2:2 hisobida durang qayd etdi. Konchilardan gollarni braziliyaliklar-Ismaili hamda Maykon kiritdi. Bu orqali “Shaxtyor” safidagi braziliyalik futbolchilarning YCHLda urgan gollari soni 75 taga etdi. Bu musobaqadagi ikkinchi ko'rsatkichdir. Birinchi o'rinda esa “Barselona”ning braziliyalik futbolchilari. “Barsa” futbolchilari 82 ta gol kiritgan.



