SHavkat Saidov: “Mavsumdagi eng yomon o'yinni o'tkazdik”
30 sen 2016 21:23
Yangiliklar

SHavkat Saidov: “Mavsumdagi eng yomon o'yinni o'tkazdik”
"Nasaf" - "Metallurg" uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida dastlab “Metallurg” jamoa boshlig'i SHavkat Saidov ishtirok etdi.
- Bugun mavsumdagi eng yomon o'yinni o'tkazdik. Jarohatlanganlarning yo'qligi ham pand berdi. Buxorodagi mag'lubiyat ham ruhiyatga tasir qilgan bo'lishi mumkin... Zohid Abdullaev? U o'yindan oldin tizzasidan shikoyat qilgandi. SHu sabab shifokorlar uni maydonga tushmasligi lozimligini aytishdi. Turt besh kunda to'liq safga qaytadi. Umuman olganda bugun “Nasaf” bizdan har jabhada ustunlik qildi.
-Statistika bo'yicha darvozalarga zarba berishda bekobodliklar “Nasaf”dan ustunlik qilishdi. Lekin gol kiritishda buni aksi kuzatildi. Buning sababi nimada?
-Sababi “Nasaf”da mahoratli futbolchilar jamlanishgan. Ular yaratilgan vaziyatlardan samarali foydalanishdi. Bizda esa tarkibizda ko'plab yosh futbolchilar to'p tepishmoqda. Ularning tajribasizligi natijaga tasir o'tkazdi.
Aziz Nuriy

O’xshash yangiliklar

Fikrlar