So’nggi yangiliklar

00:55Испания Суперкубоги. "Барселона" биринчи бўлимнинг ўзида "Атлетик"ни янчиб ташлади  26 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  2 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  0 00:40Шоҳруз Норхонов расман "Қизилқум"да қолади  1 00:35АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Брайтон"ни меҳмон қилмоқда, Ҳусанов асосийда (онлайн ҳисоб)  13 00:30Расман: Дилшод Аҳмадалиев – "Бунёдкор" футболчиси!  0 00:20Росеньор "Челси" устози сифатида илк уй учрашувида "Арсенал"га қарши тўқнаш келиши ҳақида гапирди  1 00:07Бруну ва Магуайр жароҳатдан қутулиб, МЮ қайдномасига қайтишди  0 00:04АПЛ. "Бёрнли" – "Манчестер Юнайтед". Бошланғич таркиблар аниқ!  3 23:46АПЛ. "Фулхэм" – "Челси". Бошланғич таркиблар аниқ!  0 23:19Жуд Беллингем: "Биз Хаби Алонсо биланмиз. Эртага реванш олишга ҳаракат қиламиз"  0 23:11Хаби Алонсо: "Эртанги ўйин 2:5 каби бўлмаслигига 100% аминман. Эртага бошқача тарих ёзилади"  2 22:20Ўйнайди ё ўйнамайди? Мбаппенинг Испания Суперкубоги финалида иштирок этиши истисно қилинмаяпти  2 21:55Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"  16 21:25Микель Артета "Ливерпул"га қарши ўйин ҳақида: "Орамиздаги фарқ унча катта эмас, "Арсенал"нинг исботлайдиган нарсалари бор"  2

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston U-17 terma jamoasini Osiyo chempionligi bilan muborakbod etdi Yangiliklar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston U-17 terma jamoasini Osiyo chempionligi bilan muborakbod etdi

Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

"Aziz farzandlarim!

O'n etti yoshgacha bo'lgan o'smirlar o'rtasida Caudiya Arabistoni maydonlarida bo'lib o'tgan nufuzli musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etib, yuksak sovrin – Osiyo kubogini qo'lga kiritganingiz bilan xalqimiz nomidan, o'z nomimdan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Sizlar kabi navqiron, azmu shijoatli yoshlarimizning butun turnir davomida bironta ham mag'lubiyatga uchramasdan, rekord natija ko'rsatib, jonajon Vatanimiz sharafini mardona himoya qilganlari, hech shubhasiz, milliy futbolimiz tarixiga oltin harflar bilan yoziladigan shonli voqea, desak, to'g'ri bo'ladi.

Ayniqsa, finalda musobaqa mezboni – Saudiya Arabistoni kabi g'oyat kuchli jamoaga qarshi keskin bellashuvda turli bosimlarga qaramasdan, o'n bir o'yinchiga qarshi to'qqiz futbolchi shiddatli kurash olib borganingiz chinakam jasorat va matonat namunasi bo'ldi. Sizlar namoyon etgan yuksak mardlik va mahorat har qanday tahsinga sazovordir.

Musobaqa yakuniga ko'ra, uch nafar istedodli va mohir sportchimiz yakka tartibdagi sovrinlar egasi bo'lgani, jumladan, Nematulloh Rustamjonov – turnirning eng yaxshi darvozaboni, Asilbek Aliev – eng yaxshi to'purari, Sadriddin Hasanov – eng yaxshi futbolchisi sifatida etirof etilganini ham alohida takidlash lozim.

El-yurtimiz sizlarning timsolingizda doimo oldinga intilib yashaydigan, yuksak marralarni zabt etishga qodir Yangi O'zbekiston yoshlarining eng yorqin vakillarini ko'radi va sizlar bilan haqli ravishda faxrlanadi.

Mamlakatimizda sportga, jumladan, futbol rivojiga berilayotgan yuksak etiborning yana bir amaliy natijasi bo'lgan mana shunday tarixiy g'alaba uchun sizlarga, sizlarni tarbiyalab voyaga etkazgan ota-onalaringiz va ustoz-murabbiylaringizga chin dildan samimiy minnatdorlik bildiraman.

Sizlar ushbu g'alabadan ruhlanib, shu yil noyabr oyida Qatarda bo'lib o'tadigan jahon chempionatida ham Osiyoning g'olib jamoasi sifatida munosib ishtirok etasiz, deb ishonaman.

Baxt va zafar sizlarga doimo yor bo'lsin, aziz farzandlarim!", – deyiladi tabrik xatida.

Avvalroq O'zbekiston U-17 terma jamoasi azolariga mashina sovg'a qilinishi malum bo'lgan edi. 

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика