SHavkat Saidov: "Mashal" bilan bahs durangga mos edi"
11 mar 2017 21:14
Yangiliklar
SHavkat Saidov: "Mashal" bilan bahs durangga mos edi"
- Bugun muxlislar juda qiziqarli va murosasiz o'yinning shohidi bo'lishdi. Birinchi turda mag'lubiyatga uchragan ikkala jamoa ham o'z muxlislarini xursand etish uchun faqatgina g'alabani ko'zlab maydonga chiqqandi. Ammo bugun omad “Mashal” futbolchilari tomonida bo'ldi. Birinchi taymda mezbonlar ustunlik qilishgan bo'lishsa, ikkinchi taymda tashabbus bizning tomonimizda edi. Penaltidan foydalana olmadik. Undan keyin ham kamida uchta qulay vaziyatni ko'kka sovurdik.
Bir so'z bilan aytganda bugun mag'lubiyatga loyiq emasdik. Uchrashuv natijasi durangga mos edi. “Mashal” jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Ayniqsa jamoa darvozaboni o'yin qahramoniga aylandi. Uchinchi tur o'yinimiz qoldirilgan. Yuzaga kelayotgan tanaffus ehtimol jamoamizga ijobiy rol o'ynar. Keyingi turlardan etiboran bekobodliklar ko'chasida ham bayram bo'lishiga umid qilamiz.
"Metallurg" matbuot xizmati
Fikrlar