SHavkat Saidov: "Lokomotiv" bilan mag'lubiyatga teng durang qayd etdik"
26 iyu 2016 12:50
Yangiliklar
SHavkat Saidov: "Lokomotiv" bilan mag'lubiyatga teng durang qayd etdik"
"Metallurg" - "Lokomotiv" uchrashuvidan keyin mezbonlar jamoa boshliG'i SHavkat Saidov o'z fikrlarini bildirdi.
"Bugun biz mag'lubiyatga teng durang qayd etdik. Biz bir necha turdan buyon mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayapmiz. Bugun ham oliy ligada peshqadam bo'lib turgan klub bilan durang o'ynadik. Raqib 10 kishi bo'lib ham yaxshi o'ynadi, mahorat bobida ustunlikka erishdi.
"Metallurg" o'z uyida mag'lub bo'lmaganiga jamoaning ahilligi sabab bo'lmoqda. Homiylarimizning yordami, muxlislarning daldasi yordam bermoqda.
Futbolchilarning jismoniy holati biroz pand berib qo'ydi. Ko'pchilik bo'lib o'ynaganimizda himoyada yotib olish kerak emasdi, futbolchilarni buni bahs davomida aytib turdik.
Endi "Neftchi" bilan o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz. SHu bahs bilan birinchi davra tugaydi", - deydi Saidov.
"Lokomotiv" matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar