SHavkat Saidov: "Hakamlikka etirozimiz yo'q"
07 apr 2017 19:54
Yangiliklar
SHavkat Saidov: "Hakamlikka etirozimiz yo'q"
"Metallurg" jamoasi boshlig'i SHavkat Saidov "Paxtakor"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Bugungi tur oldidan jamoalar uchun uch ochko suv va havodek zarur edi. SHunga yarasha tayyorgarlik bo'lgandi. O'yin ham albatta shunga mos bo'ldi. Birinchi bo'limda o'yin keskin kurashlaga boy bo'ldi. Asosan markazda o'yin kechdi. Havfli vaziyatlarga keladigan bo'lsak, Abdullaev va Isoqjonovlar tomonidan golli vaziyatlar oxiriga etkazilmadi.
Yigitlarga jismoniy tomonlama hech qanday etirozimiz yo'q. Lekin, texnik va taktik xatolar juda ko'p bo'ldi.
Ikkinchi bo'limda qanotlarimiz juda bo'sh harakat qildi.
Futbolda hissiyotlar doimo bo'ladi. O'yin oldidan ikki jamoaga ham ochko zarur edi. Maydonda yuzaga kelgan tushunmovchilikka kelsak, futbol shunisi bilan qiziq. Hakamlikka etirozimiz yo'q", - deydi SHavkat Saidov.
O’xshash yangiliklar
19:18
"Yigitlarga motivaciya berish shart emasdi, chunki titul o'rtaga tikilgandi" - Nodir Eliboev 0
18:59
BMB "Metallurg" darvozasiga 14 ta(!) to'p kiritdi va ketma-ket 3-marta O'zbekiston chempioni bo'ldi! 2
Fikrlar