SHavkat Saidov: "Biz har jabhada "Andijon"dan ustunlik qildik"
24 iyu 2015 23:37
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/176449_original.jpg)
![](/upload/storage/176449_220.jpg)
SHavkat Saidov: "Biz har jabhada "Andijon"dan ustunlik qildik"
- Bugun mavsumdagi eng chiroyli o'yinlarimizdan birini namoyish etdik. Biz o'z oldimizga keyingi bosqichga chiqish vazifasini qo'ygandik, buni chiroyli, hujumkor o'yinimiz bilan uddaladik. Buning uchun murabbiylar shtabidan, futbolchilardan minnatdormiz. Hech kimni ajratib ko'rsatmoqchi emasman. Menga tarkibimizdagi barcha o'yinchilarning harakatlari manzur bo'ldi. Ayni paytda eng optimal formadamiz desam, mubolag'a bo'lmaydi. Qarshida, Buxorodagi g'alabalar bejiz emasligiga bugun muxlislarimiz ham amin bo'lishdi. O'z navbatida ishqibozlarimizga ham alohida minnatdorchilik bildiraman. O'z uyimizda bo'ladimi, safarda bo'ladimi, bizni qo'llab-quvvatlab kelishayotganligi uchun. Raqib jamoa ham bugun yomon taassurot qoldirmadi. Biroq bugun biz ulardan har jabhada ustun ekanligimizni ko'rsatdik.
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar