SHavkat Saidov: "Biz G'uzorga g'alaba uchun kelgandik"
15 avg 2016 11:27
Yangiliklar
SHavkat Saidov: "Biz G'uzorga g'alaba uchun kelgandik"
Uchrashuvdan keyin biz “Metallurg” jamoasi boshlig'i SHavkat Saidovning o'yin haqidagi fikrlarini so'radik.
SHavkat Saidov, “Metallurg” FK jamoa boshlig'i: - Biz G'uzorga g'alaba uchun kelgandik. Guvohi bo'lganingizdek o'yin davomida tashabbus “Metallurg” futbolchilari tomonida bo'ldi.
Ammo yaratilgan vaziyatlardan foydalanishda futbolchilarimiz oqsashdi. So'nggi yillarda “SHo'rtan”ni uyda ham, safarda ham mag'lubiyatga uchratib kelayotgandik. Bu safar qarshi hujum qurboniga aylandik. Xuddi Farg'onada “Neftchi”ga qanday yutqazib qo'ygan bo'lsak, G'uzorda ham shu scenariy takrorlandi. Biz burchakdan to'pni o'yinga kiritdik. Mezbonlar darvozaboni to'pni egallab olib tezda qarshi hujumni boshlab berdi. Uchinchi to'p oshirilishidan keyin darvozabonimiz to'pni darvoza to'ridan olib chiqdi. Mazkur kamchilikni albatta uyga borgach yana qayta o'rganib, tahlil etamiz. Qayta takrorlamaslik choralarini ishlab chiqamiz. Keyingi o'yinlarda ijobiy natijalarimiz bilan muxlislarimizni xursand etishga harakat qilamiz, deydi SHavkat Saidov.
"Metallurg" matbuot xizmati

O’xshash yangiliklar
19:18
"Yigitlarga motivaciya berish shart emasdi, chunki titul o'rtaga tikilgandi" - Nodir Eliboev 0
18:59
BMB "Metallurg" darvozasiga 14 ta(!) to'p kiritdi va ketma-ket 3-marta O'zbekiston chempioni bo'ldi! 2
Fikrlar