SHavkat Halimov: "Natijani yomon deya olmayman"
12 fev 2016 11:19
Yangiliklar


SHavkat Halimov: "Natijani yomon deya olmayman"
Tailand - Tojikiston o'yinidan so'ng, tojikistonlik futzalchi SHavkat Halimov ushbu bahs haqida fikr bildirdi.
"Bugungi o'yin biroz og'ir o'tdi. Uchrashuvda kuchimizni to'g'ri taqsimlay olmadik. Tailand o'yinchilari bundan musobaqalarda muntazam ishtirok etib kelmoqda, biz esa bunday darajadagi turnirlarda kam qatnashganmiz. Natijani yomon deya olmayman. Tailand kuchli jamoalardan biri. Kelasi o'yinlarda ularga omad tilaymiz.
Kelasi o'yinga keladigan bo'lsak, navbatdagi bahslarda g'alaba qozonishimizga ishonamiz. Vetnamning o'yinini tahlil qilib, o'z maqsadimizga erishamiz degan umiddamiz" - deydi SHavkat Halimov.
Marat Aksanov suhbatlashdi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar