So’nggi yangiliklar

07:00Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  2 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  2 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  4 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  3 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  1 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  7

SHavkat Abduxo'jaev: "Bosh murabbiyimiz yo'qligini bildirmaslikka harakat qilayapmiz" Yangiliklar

SHavkat Abduxo'jaev: "Bosh murabbiyimiz yo'qligini bildirmaslikka harakat qilayapmiz"

Pro-liganing 2-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Mashal" (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar murabbiyi SHavkat Abduxo'jaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Avvalo Qo'qon ahlini g'alaba bilan tabriklayman. To'g'ri og'ir o'yin bo'ldi. O'tgan o'yinda "SHo'rtan"ni 3:0 hisobida yutib turib yakunda 3:3 durang qayd etgandik. Balki shuning ham tasiri bo'lgandir. Xatolar ko'p, xatolarni bartaraf etish bo'yicha ishlaymiz. O'ylagan kombinaciyalarimiz to'liq amalga oshmadi, bunga maydonning xolati ham ozroq tasirini ko'rsatdi. Yana bir bor Qo'qon ahlini g'alaba bilan tabriklayman.

- Hujumlar ko'p, vaziyatlarni yakunlashda muammolar ko'zga tashlanayapti. Gol ham standart vaziyatdan kiritildi. Bu borada qaysidir futbolchilarga etirozingiz bormi?

- To'g'ri, vaziyatlardan foydalanishda kamchiliklarimiz bor. Mashg'ulotlarda bu borada ishlaymiz. Yigitlar bugun borlarini berib oxirigacha harakat qilishdi, bizda hech bir futbolchiga etiroz yo'q.

- Davron Fayzievning ayni damda jamoa bilan birga emasligi sizga nisbatan bosimni yuzaga keltirmaydimi?

- Davron Fayzievning onalari betob, shu boisdan hozir biz bilan birga emas. Ilohim, tezroq sog'ayib ketsinlar, uzoq umr tilaymiz. Bosh murabbiyimiz yo'qligini bilintirmasdan ishlashga harakat qilayapmiz. Biz bir jamoamiz, jamoaviy harakat qilngan xolda qiyinchiliklarni engib o'tamiz.

- "Qo'qon-1912" Superliga yo'llanmasini maqsad qilgan. Bu yo'lda qaysi jamoalarni asosiy raqobatchi sifatida ko'rayapsiz?

- Barcha futbol muxlislari yaxshi tushunib turishibdi, "Dinamo" va "Lokomotiv" Superliga yo'llanmasi uchun asosiy davogarlardan hisoblanishadi. SHuningdek, "Mashal"ning tarkibi ham yomon emas. Ular ham keyingi o'yinlarda anchagina raqobat yaratib bera olishadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика