"SHanxay SHenxua" CHempionlar ligasini yutgan murabbiyga qiziqmoqda
09 sen 2017 12:36
Yangiliklar
"SHanxay SHenxua" CHempionlar ligasini yutgan murabbiyga qiziqmoqda
Xitoyning "SHanxay SHenxua" yangi murabbiy izlamoqda va "Barselona" sobiq ustozi Luis Enrike xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
Malumotlarga ko'ra, Xitoy klub 47 yoshli mutaxassisning vakillari bilan bog'landi.
"SHanxay SHenxua" Gustavo Poyet qo'l ostida 22 ta uchrashuv o'tkazdi va ayni damda Xitoy chempionatida 11-o'rinni egallab turibdi.
"Barselona" bosh murabbiyi vazifasini tark etgan Luis Enrike bir yil tatil olmoqchi, biroq u "SHanxay SHenxua"ni boshqarmoqchi bo'lsa, tezroq murabbiylik vazifasiga qaytishiga to'g'ri keladi - Xitoy chempionatida yangi mavsum 2018 yilning boshida start oladi.
Eslatib o'tamiz, Luis Enrike "Barselona" bilan CHempionlar ligasida g'olib chiqqan.
Fikrlar