"SHalke" muddatidan oldin "Gazprom" kompaniyasi bilan shartnomani bekor qildi
28 fev 2022 16:15
Yangiliklar
"SHalke" muddatidan oldin "Gazprom" kompaniyasi bilan shartnomani bekor qildi
"SHalke" rahbariyati titul homiy bo'lmish Rossiyaning "Gazprom" kompaniyasi bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qildi.
Qaror sababi ochiqlanmagan. Klub rahbariyati shartnomaning bekor qilinishi klubning moliyaviy imkoniyatlariga tasir qilmasligi va yaqin orada yangi titul homiysi taqdim etilishini malum qildi.
"Gazprom" kompaniyasi 2007 yildan beri "SHalke"ning homiysi hisoblanadi.
Klub ayni damda 24 o'yindan so'ng 41 ochko jamg'argan holda, ikkinchi Bundesliga jadvalida 5-o'rinda bormoqda.
Fikrlar