SHakirini tarkibiga qo'shib olmoqchi bo'lgan klublar nomi malum bo'ldi
26 iyu 2021 23:57
Yangiliklar
SHakirini tarkibiga qo'shib olmoqchi bo'lgan klublar nomi malum bo'ldi
"Goal" nashri "Liverpul" futbolchisi Jerdan SHakirini tarkibiga qo'shib olmoqchi bo'layotgan klublar ro'yxatini yozib o'tdi.
29 yoshli futbolchi uchun asosiy davogar "Lacio" bo'lib turibdi. SHuningdek, "Napoli", "Sevilya" va "Vilyarreal" kabi klublar ham uning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
Oldinroq futbolchi "Liverpul"dan ketishga tayyorligini, "Lacio"da o'ynash istagi yuqori ekanligini aytib o'tgandi.
SHveycariyalik 2018 yildan buyon "Liverpul" tarkibida harakat qilmoqda. Bunga qadar u "Stok Siti", "Inter", "Bavariya" va "Bazel" kabi jamoalar tarkibida harakat qilgan.
Fikrlar