SHakiri tanqidga javob berdi
26 iyu 2018 12:05
Yangiliklar
SHakiri tanqidga javob berdi
"Liverpul"ning yangi futbolchisi SHerdan SHakiri "Stok Siti"da bor kuchi bilan o'ynamagani haqidagi tanqidga javob berdi.
Oldinroq, "Stok Siti" yarim himoyachisi CHarli Adam hamda "Manchester Yunayted" sobiq futbolchilari Fil va Garri Nevillar shveycariyalikni tanqid qilgan edi.
"Ular "Manchester Yunayted" futbolchilari bo'lishgan va "Liverpul"ni yoqtirishmaydi. Aniq bilmayman, ammo sabab shunda bo'lsa kerak. Bazilarga yoqasan, bazilarga esa yo'q, ammo o'zim tanimaydigan insonlar so'zlariga izoh bermoqchi emasman. Ko'rsatkichlarim men uchun gapiradi.
O'tgan mavsum gol va uzatmalar bo'yicha eng yaxshi bo'ldim. Vijdonim toza" - deydi SHakiri.
Fikrlar