SHakira Jerar Pike uchun faoliyatida to'xtalish qilganini tan oldi
17 mar 23:28
Yangiliklar
SHakira Jerar Pike uchun faoliyatida to'xtalish qilganini tan oldi
Kolumbiyalik qo'shiqchi SHakira Ispaniya terma jamoasi sobiq himoyachisi Jerar Pike bilan munosabatlari paytida nimalarni qurbon qilganini aytdi.
"Jerar bilan yashash va u futbol o'ynay olishi uchun uzoq vaqt faoliyatimni keyinga qoldirib keldim. Sevgi uchun ko'p narsalarni qurbon qilishga to'g'ri keldi", — deydi SHakira.
Pike va SHakira 11 yillik birgalikdagi hayotdan so'ng 2022 yilning yozida ajralishdi. Ajrashishning sababi sifatida futbolchining hiyonati qayd etildi. Juftlikning ikki farzandi bor: Milan va Sasha.
Pike o'z faoliyatini 2022 yilning so'nggida "Barselona"da yakunladi. 37 yoshli ispan shuningdek "Manchester Yunayted" va "Saragosa"da o'ynagan.
Fikrlar