So’nggi yangiliklar

02:13Конференциялар лигаси. Голларга бой ўтган ўйинларда "Олимпиакос" ва "Фиорентина" ғалаба қозонди  3 02:02Европа лигаси. "Марсель" ва "Аталанта" муроса кўчасини танлади, "Байер" эса "Рома" майдонида ишончли ғалабага эришди  15 01:30АПЛ. Лондон дербисида "Челси" "Тоттенхэм"ни мағлубиятга учратди  3 00:53Германияда эркаклар футбол жамоасига илк маротаба аёл бош мураббий тайинланди  2 00:29Қозоғистон Профессионал футбол лигасининг букмекер ҳамкоридан қанча пул олаётгани маълум бўлди  2 00:12ПСЖ автобуси "Боруссия" стадионини Мбаппесиз тарк этди  0 23:28Россия кубоги. РПЛ йўли. Финал. Файзуллаев захирадан туширилди, ЦСКА эса илк ўйинда дуранг ўйнади  4 23:17U-23 Осиё кубоги. Ироқ 3-ўрин учун баҳсда Индонезияни мағлуб этиб, Олимпиада йўлланмасини қўлга киритди  28 23:00Бензема "Реал Мадрид"га қайтди  2 22:26Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг финалдан олдинги расмий машғулоти  1 22:11"Арсенал" логотипини ўзгартиради  2 21:55Аргентина Месси фаолиятини якунлагач, 10-рақамни ҳеч кимга бермайди  6 21:30Ўзбекистон олимпия терма жамоасининг финал олдидан ўтказган машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 21:04Куртуа Евро-2024'да иштирок этмайди  0 20:59Осиё Чемпионлар лигаси финалини ўзбекистонлик ҳакамлар бошқаради  8

Okeanorti yulduzlari: MLSning taniqli o'yinchilari va murabbiylari (mutolaa uchun) Yangiliklar

Okeanorti yulduzlari: MLSning taniqli o'yinchilari va murabbiylari (mutolaa uchun)

Futbolni sokkerga almashganlar haqida gaplashamiz.

MLSda yangi mavsum start oldi. Okeanorti ligasida ko'plab gollarga boy o'yinlar bo'lmoqda, Evropa klublaridan kelgan yulduzlarning borligi esa ligani yanada qiziqroq qiladi. Masalan, "Los-Anjeles" chempionlik qo'lga kiritilishida yordam bergan Garet Beylning tasirini to'liq his qildi. Uelslik MLSdan ketdi va hatto faoliyatini yakunladi, ammo liga mavjudlikni qiziqarli shaxslarsiz ham davom etmayapti. Bugun ular haqida gaplashamiz.


Jorjo Kellini ("Los-Anjeles")

Gap "Los-Anjeles" chempionligi haqida gap ketarkan, qayd etish kerakki ushbu jamoada Jorjo Kellini ishtirok etadi. "Yuventus"ning uzoq muddatli etakchisi Kaliforniya shtatida juda muvaffaqiyatli mavsum o'tkazishga ulgurdi. Ammo, ochiqchasiga aytganda, italyanning "Los-Anjeles" chempionligidagi hissasi unchalik katta bo'lgani yo'q. 38 yoshli markaziy himoyachi muntazam chempionatda atigi 11ta o'yinda harakat qildi, pley-offda esa jami 46 daqiqa o'ynadi. So'nggi "Filadelfiya"ga qarshi o'yinni esa umuman zaxira o'rindig'ida o'tkazdi. Kellini balki yangi mavsumda muhimroq rolga ega bo'lar.



Lorenco Insine ("Toronto")

Insine "Napoli"ning qanchalik chempionlikka yaqin kelganini hisobga olsak, neapolliklar safini noto'g'ri vaqtda tark etdi, ammo tanlov qilib bo'lindi. Lorenco o'tgan mavsum MLSdagi muntazam chempionatda 10ta o'yinda 6ta gol va 2ta assist qayd etgan holda, MLSda yomon ishtirok etmadi, ammo uning jamoasi muvaffaqiyatsiz mavsum o'tkazdi. Kanadaliklar hatto pley-off uchun saralashga ham chiqa olishmadi. Ular yangi mavsumni "Di Si Yunayted"ga qarshi o'yinda g'alabani boy bergan holda, 2:3 hisobida yutqazib boshlashdi. Yaxshi start emas.



Federiko Bernardeski ("Toronto")

"Toronto"dagi yana bir italyan. Insinedan farqli ravishda, Bernardeskining Kanada klubiga o'tishi o'tgan yozda ko'p ham shov-shuv bo'lmadi. Ammo, Federiko MLSdagi ilk mavsumini taniqliroq vatandoshiga qaraganda yaxshiroq o'tkazdi. "Yuventus" sobiq o'yinchisi o'tgan yili "Toronto" safida 12ta o'yinda 7ta gol va 4ta assist qayd etdi. Bernardeski joriy mavsum gol urishga ulgurdi, ammo baribir, u ishtirok etayotgan Kanada klubining ligadagi istiqbollari savollar uyg'otmoqda.



Riki Puch ("Los-Anjeles Gelaksi")

Puch "Barselona"dan ketishi bilanoq, u haqda gapirishni to'xtatishdi. Behuda. Ispan MLSda yaxshi ishtirok etmoqda. 23 yoshli o'tgan mavsum 11ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assist ijro etdi. Markaziy yarim himoyachi uchun yaxshi natija. Kataloniya klubi tarbiyalanuvchisi hatto pley-offda 2ta to'liq o'yin o'tkazdi va unda "Gelaksi" chorak finalga qadar etib bordi. Puchning yangi ligada muvaffaqiyatli mavsum o'tkazish ehtimoli katta. Hech bo'lmaganda, u o'tgan mavsum etarli o'yin amaliyotini oldi.



CHicharito ("Los-Anjeles Gelaksi")

CHicharito yoki Xaver Ernandes MLSDa 3ta mavsum o'tkazdi. Meksikalik "Gelaksi"ga "Sevilya"dagi muvaffaqiyatsiz mavsumdan so'ng yo'l oldi. Futbolchi uchun Amerika klubidagi birinchi yil qiyin bo'ldi – 12ta o'yinda 2ta gol. 34 yoshli hujumchi keyingi 2ta mavsumda ikki bor jamoaning eng yaxshi to'purari bo'lgan holda, 17tadan gol urdi. CHicharito ayni damda mushak jarohatidan so'ng tiklanmoqda, katta ehtimol, safga qaytganidan so'ng o'zi uchun qulay bo'lib qolgan ligada gollar urishda davom etadi.



Jerdan SHakiri ("CHikago Fayr")

SHakiri "Lion"dan so'ng MLSda bitta to'liq mavsumni o'tkazdi. Futbolchi ungacha "Liverpul"da o'ynab, ancha kam o'yin amaliyoti olgandi. 32 yoshli vinger o'tgan mavsum 22ta o'yinda harakat qilib, 6ta gol (4tasi penaltidan) va 5ta uzatma qayd etdi. "CHikago" muntazam chempionat yakuniga ko'ra SHarqiy konfederaciyada 12-o'rinni egallagan holda, unchalik yaxshi ishtirok etmadi. SHakiri bu tajribasi bilan ko'proq gol urishi mumkin edi. Balki yangi mavsum shveycariyalik uchun samaradorroq bo'lar.



Fil Nevill ("Inter Mayami")

Nevillga "Inter Mayami"dek maqsadlarga ega loyiha topshirildi, ammo Fil Floridada muvaffaqiyatli ishlamoqda deb bo'lmaydi. Jamoa 2021 yil uning qo'l ostida SHarqiy konferenciya munatazam chempionatida 11-o'rinni egalladi. "Inter" o'tgan mavsum pley-offga chiqdi, ammo "Nyu-York Siti"ga yirik hisobda yutqazgan holda saralash bosqichida taslim bo'ldi. Ammo, tarkibiga Devid Bekxem kiradigan rahbariyat murabbiyga ishonchni saqlab turibdi.



Ueyn Runi ("Di Si Yunayted")

Runi o'yinchi sifatida "Di Si Yunayted" tarkibida 2ta mavsum o'tkazdi. Ueyn endilikda murabbiylik maqomida Kolumbiya okrugiga qaytdi. Angliyalik bu erga tajribasiz kelgani yo'q. U "Derbi Kaunti" murabbiyi sifatida 84ta o'yinda qatnashgan. Runi o'tgan yozning qizg'in pallasida "Di Si"ni qabul qilib oldi, ammo 14ta o'yindan faqatgina 2tasida g'alabaga erishdi. Ammo, MYU sobiq o'yinchisi boshchiligidagi jamoa 2023 yilgi mavsumning ilk o'yinida "Toronto"ni 3:2 hisobida mag'lub etdi va bu ozroq optimizm uyg'otadi. Ueyninng o'zi MLSda yaxshi ishlash uchun motivaciyaga to'la, sababi uning bosh maqsadi – top-klubda ishlash.



Footballhd.ru saytidan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика