Riki Puch tizzasidan olgan jarohati tufayli 2026 yilni o'tkazib yuborishi mumkin

Alisher Ostonov
3 yanv 2026, 14:03
"Los-Anjeles Gelaksi" yarim himoyachisi Riki Puch tizzasidan operaciya qilinadi.

26 yoshli ispaniyalik futbolchi tiklanish tufayli 2026 yilni to'liq o'tkazib yuborishi mumkin. Futbolchi 2024 yil oxirida olgan oldingi xochsimon boylamining yorilishi tufayli yana muammoga duch kelmoqda. Futbolchi ushbu jarohati tufayli butun 2025 yilni o'tkazib yubordi.

Puch “LA Gelaksi”ga 2022 yilning avgustida "Barselona"dan o'tgandi. U MLSda 68 ta o'yin o'tkazib, 23 ta gol urgan va 16 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Futbolchi MLS pley-off bosqichida 6 o'yinda 4 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: x.com/tombogert