SHahzod SHaymanov: "Jarima zarbasidan gol urishimni sezgan edim"
11 apr 2016 10:51
Yangiliklar
SHahzod SHaymanov: "Jarima zarbasidan gol urishimni sezgan edim"
"Mashal" - "Navbahor" bahsida "Mashal" futbolchisi SHahzod SHaymanov raqib darvozasiga juda ham ajoyib gol kiritdi. O'yindan so'ng u o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Juda ham qiyin uchrashuvda g'alaba qozondik va bundan xursandmiz. Biz g'alabaga ishongan edik va yakunda bunga erishdik. Ketma-ket muvaffaqaiyacizliklardan chiqib ketish uchun kerakli g'alaba bo'ldi.
Jamoada jarima zarbalarini ijro etadigan ko'plab futbolchilar bor. Bu vaziyatda futbolchilar menga ishondi. Mana shu zarbam gol bo'lishini ich-ichimdan sezgan edim. Kim tepishini ahamiyati u darajada katta emas asosiysi muvaffaqiyatli chiqsa bo'ldi.
"Lokomotiv"ga qarshi qiyin o'yin kutmoqda. Engil nafas olishga vaqt kam. Toshkentga faqat g'alaba uchun boramiz", - deydi SHaymanov.
"Mashal" matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar