Aleksandr Xomyakov: "Kurashishda davom etamiz"
05 dek 2025 18:28
Yangiliklar
Aleksandr Xomyakov: "Kurashishda davom etamiz"
O'yindan so'ng "Buxoro" bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- O'yin haqida fikringiz...
- Anchadan beri ko'rishmagandik. Hammani ko'rib turganimdan xursandman. O'yinga keladigan bo'lsak, har ikki jamoa asabiy bahsni o'tkazdi. Jamoalar xato qilmaslik uchun juda ehtiyotkor bo'lib o'ynashdi. Odatda pley-off uchrashuvlari shunaqa kechadi. Vaziyatlarga boy o'yin ko'rmadik, bitta gol o'yin taqdirini hal qilib qo'yishi mumkin edi. Afsuski, penaltilar seriyasida mag'lub bo'ldik. "Mashal"ni vazifani bajarib, Superligada qolgani bilan tabriklayman. Biz esa kurashishda davom etamiz.

- Jamoangiz gol urdi, lekin hisobga olinmadi...
- O'sha golni men ko'rmay qoldim. Ofsayd tufayli gol inobatga olinmaganini bildim. Hakamlar shunday qaror qabul qilishdi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" ўзини ўтиш ўйинларида ўйнашга мажбур қилган "Бенфика"ни мағлуб этиб, нимчорак финалга йўлга олди
EЧЛ 1/8 финал жуфтликлари маълум
ЕЧЛ. "Интер" сенсацион тарзда Норвегия клубига ютқазиб мусобақани тарк этди, "Ньюкасл" ва "Байер" 1/8 финалда!
ЖЧ-2026 можароси якунланяпти: Конго ДР ўрнига Нигерия ўйнайди
Fikrlar