Otabek Narzullaev: "Endi Superligada qolish uchun kurashmaymiz, kuchli beshtalik uchun harakat qilamiz"
05 dek 19:13
Yangiliklar
Otabek Narzullaev: "Endi Superligada qolish uchun kurashmaymiz, kuchli beshtalik uchun harakat qilamiz"
O'yindan so'ng muborakliklar bosh murabbiyi Otabek Narzullaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- O'yin haqida fikrlaringiz...
- Hissiyotlarga boy o'yin ko'rdik deb o'ylayman. Superligada qolish uchun oxirigacha kurash olib bordik. Vazifa bajarilgani bilan barcha muborakliklarni tabriklayman. Endi bemalol tatilga chiqsak bo'ladi. Nasib qilsa, kelasi yil yanada kuchli bo'lib qaytamiz.

- "Mashal"ning yangi rejalari haqida...
- Hozir tatilga chiqamiz. Taqdirim nima bo'lishini bilmayman, klub rahbariyati hal qiladi. Agar qoladigan bo'lsam, yana jon-jahd bilan ishlashga tayyorman. Endi Superligada qolish uchun kurashmaymiz, kuchli beshtalik uchun harakat qilamiz. Bu yil og'ir mavsumni o'tkazdik. Balki byudjetimiz boshqa jamoalarga nisbatan ancha kamdir, lekin hech kim pulni o'ylamadi. Hamma o'z nomi uchun, klub uchun harakat qildi. Futbolchilarimiz xarakter ko'rsata olishdi.


- Yil boshidagi rejalar qanday edi?
- Men mavsumni U-21 jamoasida boshlaganman. Keyinroq asosiy tarkibga o'tkazishdi. Baribir maqsad yuqori bo'lganidan xabarim bor. Hech kim pley-offda o'ynaymiz demaydi. Endi bu futbol, peshonamizga shu yozilgan ekan. Eng muhimi, "Mashal"ni Superligada saqlab qoldik. Hammasi niyatga va maqsadga bog'liq. Kelasi yil ham yaxshi niyat bilan ishga kirishamiz deb o'ylayman.
- "Mashal" bu yil Superligada eng ko'p gol o'tkazgan jamoa bo'ldi. Agar jamoada qolsangiz, nimalarni o'zgartirasiz?
- Har bir murabbiy mavjud tarkibdan kelib chiqqan holda yaxshi o'yin ko'rsatsam deydi. Endi o'zgartiraman desangiz ish ko'p va har biriga to'xtalish uchun ko'p vaqt kerak bo'ladi. Qo'l ostimdagi jamoa hujumkor futbol ko'rsatishini xohlayman.

- Jamoani yoshartirish bo'yicha qanday ish olib boriladi?
- Har bir futbolchini saqlab qolishga harakat qilamiz. Har bir chiziqqa ikki nafardan futbolchi yig'moqchimiz. Albatta, yoshlarga alohida etibor bo'ladi. Faqat hozirdan men tarkibimiz shunaqa ko'rinishda bo'ladi deb ayta olmayman. Chunki mavsum endi tugadi va o'zim bilan ham nima bo'lishini bilmayman. Jamoani qabul qilib olayotganimda rahbariyat Superligada olib qolish vazifasini qo'ygandi. Vazifani bajardik va buyog'i nima bo'lishini vaqt ko'rsatadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Реал Мадрид" ва ниҳоят Ла Лигада ғалаба қозонди. Мбаппедан дубль
Расмий хабар: Исломбек Исмоилов — "Нефтчи" бош мураббийи
Ла Лига. "Барселона" муҳим учрашувда "Атлетико"ни мағлубиятга учратди
Суперлига: Мухлис йиғиш бўйича етакчи "Нефтчи", "Бунёдкор" охирги ўринда
Fikrlar