So’nggi yangiliklar

14:10"Чемпионлик? Бу қўлимиздан келадиган иш" — Равшан Ҳайдаров  1 13:35Nike, Adidas ёки Under Armour? Жаҳон брендлари Мбаппе учун курашга киришди  0 13:00Сеҳргарлик, ғаройиб можаролар ва буюк камбэк. Африка Миллатлар кубоги ҳақида 10 та ғайриоддий факт  0 12:56"Пахтакор" ижарадаги икки футболчисини ортга қайтаради  4 12:47Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" ўйини бошқа стадионда ўтказилади  1 12:30"Локомотив" беларуслик хавбекка кўз тикди  3 12:12TVCOM'да бугунги тақвим: Италия Суперкубоги финали, Элит ОЧЛ ва бошқалар  2 12:01Ўзбекистон МТЖ январь ойида қаерда йиғин ўтказади?  4 11:33Винисиус ғавғоли ўйиндан сўнг Дубайга учиб кетди. Сабаби очиқланди  2 11:04U-23 Осиё чемпионати-2016. Энг тезкор голни урган ва умиди эрта сўнган Ўзбекистон  20 10:45Дани Алвес Португалия футбол клубини сотиб олиши мумкин  3 10:18Сергей Токов Суперлига жамоасида иш бошлаши мумкин  3 09:51"Локомотив" тажрибали ҳимоячи билан шартнома тузади  3 09:23Рубен Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг: "Бугун биз яхшироқ эдик"  5 08:55Фарход Соҳибжонов "Андижон" билан хайрлашди. Унинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  3

SHahzod SHaymanov: "Futbolsiz qolish qiyin bo'lar ekan" Yangiliklar

SHahzod SHaymanov: "Futbolsiz qolish qiyin bo'lar ekan"

"Lokomotiv" safiga shu mavsum qo'shilgan SHahzod SHaymanov bugun tug'ilgan kunini nishonlayapti. SHahzod 28 yoshni qarshi oldi.

SHu munosabat bilan undan qisqacha intervyu oldik. 

- SHahzod, avvalo tug'ilgan kun bilan tabriklaymiz! Bayramni nishonlash qanday bo'lyapti?

- Etibor va tabrik uchun rahmat. Tug'ilgan kunni hamma qatori oila davrasida nishonlayapmiz. 

 

- Karantin paytida nimalar bilan bandsiz?

- Bu o'rinda eng asosiysi uyda qolib karantin qoidalariga amal qilishdir. Men ham shunga amal qilyapman. 

 

- Jismoniy holatni bir maromda ushlab turish uchun nimalar qilyapsiz?

- Jamoamiz murabbiylari tomonidan tuzib berilgan dastur bo'yicha har kungi jismoniy mashqlarni qilib turibman. Imkon qadar o'z formamni ushlashga harakat qilyapman. 

 

- Futbolni qanchalik sog'indingiz?

- To'g'risini aytsam, futbolsiz qolish juda qiyin ekan. Lekin na iloj. Hech kim ilgari bunday holatga tushmagandi. Albatta, sevimli ishingizni sog'inmay bo'lmaydi. Umid qilamanki, tez orada hammasi ortda qolib yana mashg'ulotlarga qaytamiz. 


- Nima deb o'ylaysiz, karantindan keyin yana o'yin ritmiga tushib olish qiyin bo'ladimi?

- Birdaniga moslashib ketish qiyin bo'lishi mumkin, lekin uyda ham mashqlar qilib turganimizni inobatga olib tezroq ritmga moslashib olishga harakat qilamiz. 


- Kun bo'yi uyda zerikib qolmaslik uchun qanday tavsiyalarni berasiz? 

- Karantin paytida uyda o'tiraverib zerikib qolmaslik uchun avvalambor qiziqarli kioblar o'qishni, sport bilan shug'ullanishni, uy ishlariga ko'maklashishni va qiziqarli teledasturlarni ko'rib borishni maslahat bergan bo'lardim. 


- SHu kunlarda kitob o'qiyapsizmi?

- Ha, kitob o'qish bilan mashg'ulman. Uchqun Nazarovning "CHayon yili" asarini mutolaa qilyapman.

Reyting: -8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика