So’nggi yangiliklar

09:38Нико Уильямс “Барселона“га талаб қўйди  3 09:05Суперлига. Бугун 14-тур давом эттирилади  1 08:34"Нефтчи" собиқ футболчисини ортга қайтармоқчи  3 08:03Бугун аёллар терма жамоамиз Осиё кубоги саралашдаги юришини бошлайди  2 07:40Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" "Бенфика"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди  4 01:50"Ал Ҳилол"нинг собиқ бош мураббийи "Ал Насср"ни бошқаришга рози бўлди  4 00:54Расман: Поль Погба - "Монако" футболчиси!  3 00:36Акмал Рустамов: "Йигитларнинг барчасига раҳмат айтаман, улар бор кучи билан ҳаракат қилишмоқда"  2 00:12Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" - "Челси" баҳси асосий таркиблари маълум!  5 00:10Мирко Йеличич: "Биз 60 дақиқа яхши ўйнадик"  0 23:55Суперлига. Алибоев супергол урган баҳсда "Нефтчи" "Қизилқум" билан дуранг ўйнади, "Навбаҳор" эса "Машъал"ни йирик ҳисобда енгди  0 23:51Клублар ўртасидаги ЖЧнинг биринчи чорак финалчиси маълум!  0 23:38Виталий Левченко: "Агар реализация яхшироқ бўлганида, ўйин натижасини ҳал қилиб бўлган бўлар эдик"  22 23:23Сергей Лушчан: "Мавсум аввалида бизда аниқ бир мақсад йўқ эди, ҳозир эса... Футболчимизда хориждан таклиф бор"  8 22:50Уильямсни сотиб олса ҳам "Барселона" Рэшфордни трансфер қилишга уриниб кўради  7

"SHahboz Umarov, Ravshan Yagudin, Odil Ahmedov va Antonio Sarioglu haqida", - Vadim Abramov bilan suhbat Yangiliklar

"SHahboz Umarov, Ravshan Yagudin, Odil Ahmedov va Antonio Sarioglu haqida", - Vadim Abramov bilan suhbat

Bugun O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov rasmiy o'yinlar oldidan o'tkaziladigan yig'inda ishtirok etadigan futbolchilarning kengaytirilgan tarkibini elon qildi.

Biz terma jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramovga qo'ng'iroq qilib bir qator savollarga javob oldik. 


- Yig'inga chaqirilgan futbolchilar soni juda ham ko'pligiga etibor qaratdik...
- Ha, ro'yxatdan 39 nafar futbolchi o'rin oldi. Bu kengaytirilgan ro'yxat hisoblanadi. Sababi hali rasmiy o'yinlargacha ancha vaqt bor va futbolchilar jarohatdan sug'urtalanishmagan. Mana yig'in boshlanmay turib Oston O'runov va Jasur Yaxshiboev jarohat olishgani malum bo'ldi. Yana koronavirus degan narsa bor. SHu bois 39 nafar futbolchi Toshkentda ko'rishni istagan o'yinchilar hisoblanadi.

- SHunda safarga qancha futbolchi olib ketiladi?
- Dubaydagi yig'inga va Saudiya Arabistoniga taxminan 28 nafar futbolchini olib ketishni rejalashtirganmiz. Safarda har qanday fors major holatga tayyor turishimiz kerak.

- Legionerlar qachon yig'inga qo'shilishadi?
- Koreyada o'ynayotgan Ashurmatov, Zoteev, Aliboev va Iskanderov kabi futbolchilarimiz taxminan 30 may kuni ixtiyorimizga etib kelishadi. CHunki u erda chempionat davom etmoqda. Eldor SHomurodov esa Italiyadan 25 mayda kelishi kutilmoqda. BAAda esa chempionat yakunlandi va ular Toshkentga etib kelishmoqda.

- Ro'yxatda qovurg'asidagi jarohati tufayli O'zbekistonga davolanish uchun qaytib kelgan Odil Ahmedovni ham ko'rdik...

- Odil Ahmedovda kichik jarohat borligi rost. Biroq o'yinlar boshlangunga qadar Ahmedov maydonga tushishga tayyor bo'ladi deb o'ylayman.

- "Bunyodkor" darvozaboni Ravshan Yagudin yig'inga chaqirilishini ko'pchilik kutmagandi...
- Balki, lekin bu kengaytirilgan ro'yxat va Saudiya Arabistoniga kimlar ketishi hozir aniq emas.

- Belarusga borib keldingiz. Biroq BATEda ajoyib o'ynayotgan SHahboz Umarov negadir ro'yxatda yo'q.

- Ha, Belarusga bordim va hamyurtlarimiz o'yinlarini kuzatdim. SHahboz Umarovning harakatlari menga maqul keldi, yosh va intiluvchan futbolchiligi ko'rinib turibdi. Lekin hozircha uni yig'inga chaqirmaslikka qaror qildik. Sababi u o'ynayotgan joyda bizda Jaloliddin Masharipov va Hojimat Erkinov kabi futbolchilar bor. Umarov kelajakda milliy terma jamoada o'ynashiga ishonaman.

- So'nggi savol o'tgan yig'indan oldin terma jamoa shtabidan o'rin olgan Antonio Sarioglu ketdi degan xabarlar chiqdi. Bu qanchalik rost?

- Ha, bu rost. Antonio terma jamoani tark etdi va Mirko Yelilich qaytdi. Sababi Mirkoning ish uslubi menga ko'proq maqul keladi. SHu bois rahbariyatdan Yelichichni qaytarishlarini o'zim so'radim.


Narzulla suhbatlashdi

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика