SHahboz Umarov jamoadoshlarida koronavirus aniqlangani bois "Energetik-BGU" – "Sluck" o'yini qoldirildi Yangiliklar

SHahboz Umarov jamoadoshlarida koronavirus aniqlangani bois "Energetik-BGU" – "Sluck" o'yini qoldirildi

Belarus chempionatining 23-turidan o'rin olgan "Energetik-BGU" - "Sluck" uchrashuvi mezbonlar futbolchilari orasida koronavirus aniqlangani tufayli qoldirildi.

Koronavirusni yuqtirib olish holatlari Belarus U-21 yoshlar terma jamoasi yig'inida sodir bo'lgan. Reglamentga ko'ra, uchrashuvni qoldirish borasida qaror qabul qilingan.

Terma jamoa Portugaliyaga Evro-2021 saralash uchrashuvini o'tkazish uchun uchib ketgan edi. U erda koronavirus uchun test topshirgan Belarus yoshlar terma jamoasining olti nafar o'yinchisida virus aniqlangan. Bular – "Energetik-BGU" darvozaboni Artyom Makavchik, himoyachi Aleksandr Svirepa, "Dinamo" (Brest) posboni Pavel Pavlyuchenko, "SHaxtyor" himoyachisi Ilya Lukashevich, "Minsk" himoyachisi Dmitriy Prishepa va yarim himoyachi Roman Vegerya.

Malumot uchun, Portugaliyaga 23 futbolchi jo'nab ketgan bo'lib, ulardan 20 nafari Belarus oliy ligasi klublarida o'ynaydi.

Eslatib o'tamiz, “Energetik-BGU” - “Sluck” o'yini ertaga bo'lib o'tishi lozim edi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика