So’nggi yangiliklar

18:26Бундеслига 2024/25 йилги мавсуми рамзий жамоаси эълон қилинди  0 18:15Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Хоразм ФА" 2:0 (онлайн ҳисоб)  1 17:49Токотаев, Кичин, Алмазбеков, Мерк, Кожо... Қирғиз Республикасининг КХДР ва БААга қарши учрашувлар учун кенгайтирилган таркиби маълум  4 17:24Жиянов, Исмоилов, Бубанья, Жумаев ва бошқалар... Суперлига 10-тур рамзий терма жамоаси   0 16:43Дэвид Бекхэм Рубен Аморимнинг МЮдаги фаолияти ҳақида: "Уни қўллаб-қувватлаш керак, кейин натижани кўрасиз"  1 16:16ЎФА мураббийлар кенгаши йиғилишида МТЖнинг ЖЧ саралаши ва U-17 термасининг мундиалга тайёргарлиги муҳокама этилди  1 15:52Остон Ўрунов: "Ўтган мавсумдан сўнг етарлича дам олмаганим ва тиғиз тақвим туфайли мукаммал жисмоний ҳолатга кира олмадим"  7 15:27Кака Бразилия терма жамоасида Карло Анчелоттига ёрдам бериш истагини билдирди  3 14:59Ҳимояда ҳеч қандай муаммо бўлмайди. "Реал"нинг 4 нафар ҳимоячиси КЖЧда иштирок этиши мумкин  1 14:35Аббос Файзуллаев кечаги хатоси учун ЦСКА мухлисларидан кечирим сўради  10 14:08Агент Клоппнинг "Рома"га тайинлови масаласида баёнот берди  3 13:44ЎФА вакиллари "Шўртан" футбол академиясида бўлди  0 13:25"Бунёдкор" "Навбаҳор" билан ўйинда адолатсизликка учрадими? Суперлиганинг 10-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  9 13:10Ёзда эркин агентга айланадиган АПЛ футболчилари  6 12:42"Цементчи" "Арал" билан ўйин учун Нукусга бормайди. Жамоага техник мағлубият ёзилди  5

SHahboz Erkinov: “PFL tufayli "Buxoro" o'tgan yilgi pullarimni berdi" Yangiliklar

SHahboz Erkinov: “PFL tufayli "Buxoro" o'tgan yilgi pullarimni berdi"

Hozirga kelib bir qator futbolchilar shartnoma shartlarini bajarmagan klublar bilan ziddiyatga borishi holatlari uchramoqda.

Futbolchilarning o'z pullarini ola olmayotgani va shartnoma shartlarini bajarmayotgan klublar bunga befarq qarayotgani ham haqiqat.

Professional Futbol Ligasi hozirga kelib, futbolchilar va klublar o'rtasida bunday nizoli va ziddiyatli vaziyatlar uchramasligi uchun bir qator ishlarni amalga oshirmoqda. Jumladan, klublar shartnoma shartlarini bajarmay, futbolchilar oldidagi qarzni uzmay, yangi mavsumga futbolchilarni zayavkadan o'tkaza olmaydi. SHuningdek, bunday holat yana qaytarilmasligi uchun klublarga yangi, barcha bandlar ko'rsatilishi shart bo'lgan shartnoma taqdim etildi. Bunga ko'ra, endilikda futbolchilar bilan shartnomada barchasi ko'rsatiladi, mukofot pullari va maoshlar summasi, ularning muddatlari ko'rsatiladi.

Hozirga kelib, Professional Futbol Ligasi shartnoma shartlarini bajarmayotgan klublar bilan futbolchilar o'rtasidagi nizolarni hal qilishga harakat qilmoqda. Jumladan, “Buxoro” futbol klubida faoliyat ko'rsatgan futbolchilar shartnoma shartlarini bajarmagan klub yuzasidan PFLga vaziyatni ijobiy hal qilish uchun murojaat qilishgan.



Futbolchilarning maqomi va klubdan klubga o'tishi bo'yicha Qo'mita ushbu murojaatni ko'rib chiqib, klubning futbolchilar oldidagi qarzdorligi masalasida qaror qabul qildi. Unga ko'ra, shartnoma shartlarini muddatida bajarmagan klub qattiq ogohlantirildi va qarzlar to'liq undirib berildi. Klub safida o'ynagan 8 nafar futbolchi bugunga kunga kelib barcha pullarini olishdi. Jumladan, SHahboz Erkinov klub qarzdorlikni bartaraf etganini va maoshlarini olganini takidladi.

“Klub oldingi mavsum uchun maoshlarimni berdi. Bungacha ancha vaqt klub mendan va boshqa futbolchilar oldidagi qarzdorlikni bartaraf qilmay, maoshlarni va mukofot pullarini bermay kelayotgandi. Yakunda shikoyat qilishga majbur bo'ldik”, - deydi Erkinov.

“PFL ushbu shikoyatni ko'rib chiqdi va yakunda qarzlar bartaraf etildi. Buning uchun albatta, Professional Futbol Ligasiga raxmat aytaman. Ular o'z vaqtida murojaatimizni ko'rib chiqishdi va qarzlar yakunda “Buxoro”dan olib berildi. Hozirda, PFLda ancha islohotlar qilindi, bundan biz futbolchilar ham, klublar ham, muxlislar ham yutadi. Bunday shikoyatlar va arizalar kelgusida qaytarilishi futbolimiz imiji uchun salbiy holat. SHuning uchun ham PFL bu borada klublar rahbarlari va futbolchilar bilan suhbatlashayapti. Kelgusida bunday nizolar kelib chiqmasligi muhim”, - deydi futbolchi.

Reyting: -9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика